So’nggi yangiliklar

11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  2 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  8 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  1 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  1 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  0 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  14 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  3 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  13 07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  4 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  15 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0

Misrni Zlatko Dalichning maoshi o'ylantiryapti Yangiliklar

Misrni Zlatko Dalichning maoshi o'ylantiryapti

Xabaringiz bor, JCH-2018da Misr terma jamoasi ko'ngildagidek ishtirok eta olmadi.

"A" guruhida kurash olib borgan jamoa har uchala o'yinda Urugvay, Rossiya va Saudiya Arabistoniga mag'lub bo'ldi. SHundan so'ng Misr futbol federaciyasi terma jamoa ustozi Ektor Kuperni ishdan bo'shatdi.

Endilikda misrlar yangi murabbiy haqida bosh qotirmoqda va asosiy nomzod sifatida Xorvatiyani finalga olib chiqqan Zlatko Dalich qaralyapti. Lekin bu erda bitta muammo bor, yani Dalich so'rayotgan yillik maosh. Qolaversa, Dalich Xorvatiyada qolib o'z ishini davom ettirishi ham mumkin.

Arab News saytining yozishicha, Misr chindan ham xorvatiyalik murabbiyga taklif bilan chiqqan. CHunki Xorvatiya mundialda juda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Natijada bosh murabbiyga bo'lgan talab ham ortdi. Faqat muammo shundaki, Dalich yangi ish joyi qaer bo'lmasin, Eronmi, Misrmi yoki boshqa jamoami yillik maoshi 5 million dollar bo'lishini xohlayapti.

Misr esa bunday katta summani to'lashga tayyor emas. Misr FF vakilining aytishicha, federaciya Ektor Kuperga yiliga 1,75 million dollar to'lab kelgan. Buning natijasida argentinalik mutaxassis Afrika jamoalari orasida eng ko'p maosh oladigan murabbiyga aylangan. Lekin Misr oldida boshqa variantlar ham yo'q emas. Sentyabrda Afrika Millatlar Kubogining saralash bahslari boshlanadi va ungacha federaciya terma jamoaga yangi murabbiyni tayinlashi lozim.

SHu bois misrliklar OAV orqali to'rtta nomzodni keltirib o'tishdi. Bular - Xaver Agirre, Vohid Xalilxodjich, Kike Sanches Flores va Xorxe Luis Pinto. Ammo aynan kimning bosh murabbiy bo'lishi hozircha aniq emas.

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика