So’nggi yangiliklar

20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  0 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  1 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  5 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  4 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  8 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  18 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  6 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  5 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0

Misrdagi musobaqaga tayyorgarlik qanday ketyapti? Maqsadlar qanday? - Dmitriy Kim bilan intervyu Yangiliklar

Misrdagi musobaqaga tayyorgarlik qanday ketyapti? Maqsadlar qanday? - Dmitriy Kim bilan intervyu

31 may kuni saytimiz orqali Misrda U-20 Arab Kubogi musobaqasi bo'lib o'tishi haqida xabar bergandik.

Ushbu musobaqada 2003 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat O'zbekiston U-18 terma jamoasi U-20 sifatida ishtirok etadi. Bu yilgi turnir 20 iyun kuni start oladi va 6 iyulga qadar davom etadi. Vakillarimiz "D" guruhida Yaman, Tunis va Saudiya Arabistoniga qarshi o'ynaydi. Jami ishtirokchilar 8tani tashkil etyapti. Dmitriy Kim boshchiligidagi yoshlarimiz ayni paytda Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inini olib bormoqda. Kecha terma jamoa azolari "Olimpik" U-18 klubiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi. Biz esa mazkur bahsdan so'ng terma jamoa bosh murabbiyi Dmitriy Kimning fikrlari bilan qiziqdik.

- Dmitriy Makarovich Misrdagi xalqaro musobaqaga tayyorgarlik qanday ketyapti? 

- SHuni aytishim mumkinki, Misrdagi turnirdan biz juda kech taklif oldik. SHu bois tayyorgarlik uchun oldimizda vaqt kam edi. Bunga qadar faqat o'tgan yili bir marotaba yig'in tashkil qilingandi. Ularning qanday holatda ekanligini bilib olish biroz qiyin edi. Yig'inni 30 nafar futbolchi bilan boshladik. Qisqa fursatda tarkibni aniqlab olish va taktik ishlanmalarni ko'zdan kechirishda ayrim muammolar yuzaga keldi, deya olaman. 

- Bilamiz bunga qadar "CHig'atoy" futbol maktabida faoliyat olib borayotgan edingiz. Lekin terma jamoa bu o'z nomi bilan terma jamoa...

- Ha bu - terma jamoa. Unda turli klublardan yig'ilgan futbolchilar bor. Lekin hali yuz foiz shular o'ynaydi, degani emas. Yana nomzodlar bor. Xalqaro turnirdagi tajriba bizga keyingi ishlarimizda katta yordam beradi. Futbolchilar o'zlarida ishonch hosil qilish uchun ham bunday musobaqalar kerak. Bizga esa ularning katta arenada nimalarga qodirligini va imkoniyatlarini yanada yaxshi bilib olish imkonini beradi. 

- Bunday yosh o'yinchi uchun katta futbolga o'tish jarayoni hisoblanadi....

- Ha, buni o'ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Terma jamoada 30 nafar futbolchi bo'lsa, har birining xarakteri turlicha. Futbolni tushunishi ham boshqa darajada. O'ylaymanki, ular bizdan nimani talab qilayotganimizni bilishadi. Eng qiyin narsa esa barqarorlikni taminlash. 

- Terma jamoadagi aksariyat futbolchilar U-18 chempionatida ishtirok etishadi. Bugungi kunda ushbu chempionat haqida fikringiz qanday? Boisi Misrdagi turnir U-20 ostida o'tkaziladi...

- Misrda tashkillashtiriladigan musobaqada ishtirok etadigan jamoalarning darajasi ko'proq o'rinbosarlar chempionatiga yaqin. Bizning terma jamoada esa ko'pi U-18 chempionatida, Birinchi ligada to'p tepadi. Kimdir zaxirada, yana kimdir asosiy tarkibda o'ynaydi.  

- 17-raqamdagi futbolchi tezligi va texnikasi hamda individual mahorati etiborimni tortdi...

- Ha, uning ismi SHohjahon Umarov, "Bunyodkor" klubi futbolchisi. O'yin sifati yaxshi. Lekin yanada ishlashi kerak bo'lgan jihatlari ham yo'q emas. Umuman olganda barcha yigitlar iqtidorli. Faqatgina ularga vaqt va ko'proq imkoniyat kerak. Terma jamoa eshigi hamma uchun ochiq. Har bir nomzodni diqqat bilan o'rganib chiqamiz. 

- O'FA bilan bo'lajak rejalar haqida gaplashib oldingizmi? 

- Osiyo chempionati Toshkentda o'tkaziladi. Masuliyati yuqori bo'lgan musobaqaga munosib tayyorgarlik ko'rishimiz talab qilinadi. Bosh maqsad - Jahon chempionatiga yo'llanma olish. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика