So’nggi yangiliklar

17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  0 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  0 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  2 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  0 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  0 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  3 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  19 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  6 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  1 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  1 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  7 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  6 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  23

Misha, chuchvara "otmen", endi makaron eymiz! Yangiliklar

Misha, chuchvara "otmen", endi makaron eymiz!

17 yanvar kuni OCHL va OFK Kubogi mezbonligiga oid maqola yozgandim.

Bu yil ham Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi markazlashgan tartibda bo'lib o'tishini inobatga olsak, "Paxtakor" o'z guruhi o'yinlarini Toshkentda, "Nasaf" agar pley-offda o'tsa, guruh bahslarini Qarshida qabul qilsa zo'r bo'lardi degan taxminda edim. 

Lekin bu taxminlar xomxayol bo'lib chiqdi. CHunki OFK boshqacha qaror qabul qildi. Gap shundaki, OFK G'arb mintaqasining 5ta guruh o'yinlarini bir mamlakatda o'tkazishni lozim topdi. Farqi yo'q, Markaziy Osiyo davlatimi yoki arab mamlakatimi, OFK tomonidan belgilangan shartlarni bajarsa bo'lgani - mezbonlikni qabul qiladi. 

G'arb mintaqasining 5ta guruhidagi barcha uchrashuvlar bir davlatda bo'lib o'tishi kerak. Buning uchun kamida beshta yaxshi stadion kerak bo'ladi. SHuningdek, mashg'ulot uchun kamida 10ta maydon lozim. Bundan ko'rinib turibdiki, agar O'zbekiston mezbonlikni xohlasa, faqat bitta yoki ikkita guruhga emas, balki umumiy beshta guruh uchun ariza berishi kerak bo'ladi. 

Lekin rostini aytganda, bizda buning imkoniyati yo'q. Birinchidan, bu payt Superliga o'yinlari ketayotgan bo'ladi. Deyarli barcha yaxshi stadionlar band bo'ladi. OCHL guruh o'yinlari 7-27 aprel oralig'ida bo'lib o'tishini inobatga olsak, kamida 5ta yaxshi stadion va kamida 10ta yaxshi mashg'ulot maydoni topa olmaymiz. 

SHunday ekan, katta ehtimol bilan mezbonlik uchun ariza topshirmaymiz, topshirgan taqdirda ham OFK mezbonlikni bermaydi. Uzun quloq gaplarga qaraganda, OFK mezbonlikni Saudiya Arabistoniga berish variantini ko'rib chiqyapti ekan. 

Lekin biz OFK Kubogi guruh bosqichini qabul qilishimiz mumkin. Va buning uchun bitta stadion va ikkita mashg'ulot maydoni etarli. Bu degani "Nasaf" pley-offdan o'tsa "So'g'diyona", pley-offdan o'ta olmasa unda "Nasaf"ning o'zi guruh uchrashuvlarini qabul qilishi mumkin bo'ladi. 

Xullas, ko'ngil chuchvarani tusab qolgandi, endi noiloj makaron eymiz. 





Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика