So’nggi yangiliklar

11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  0 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  2 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  6 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  2 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   9 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  16 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  3 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  15 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  39 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  421

Mirzohid G'ofurov: "Bazi bir kichik xatolar sabab g'alabani qo'ldan chiqardik" Yangiliklar

Mirzohid G'ofurov: "Bazi bir kichik xatolar sabab g'alabani qo'ldan chiqardik"

Coca Cola Superliga 4-turning markaziy uchrashuvi Qarshida o'tkazildi.

"Nasaf" va "Navbahor" jamoalari o'rtasidagi bahs murosasiz va shiddatlarga boy tarzda o'tdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Hisobda ikki bor oldinga chiqib olgan "lochinlar" yakunda 2:2 natijasidagi durangga imzo chekishdi. O'yin yakunlangach birinchi gol muallifi Mirzohid G'ofurovga yuzlandik. 

"Uzoq muddatdan keyin yana yashil maydonga qaytganimizdan xursandman. "Nasaf"ga qarshi o'yin qiyin bo'lishi oldindan malum edi. Qarshida to'p tepish hech bir jamoaga oson emas. Hozirda Superliganing barcha jamoalari qiynalmoqda. Uch, to'rtta turdan so'ng yana iziga tushib olsa kerak. Ha, o'tgan mavsum aksariyat o'yinlarda hisobda ortda borayotib iroda ko'rsatgan edik. Bu yil esa hisobni ushlab qola olmayapmiz.

Nazarimda omad bizdan yuz o'girmoqda. Kecha ham bazi bir kichik xatolar evaziga g'alabani qo'ldan boy berdik. Murabbiyimiz qaerda xatolar qilganimizni aytdi. Hozirda butun dunyoda tarqalgan pandemiya sababli muxlislarsiz to'p tepishga majburmiz. Uyda ham, safarda ham ularning daldasini his qilib o'ynaymiz. Qaerga bormaylik jonkuyar ishqibozlarimiz doim biz bilan birga bo'lishardi. O'ylaymanki teleekran ortida sanoqsiz muxlislar bizni olqishlab turishdi",- deydi Mirzohid G'ofurov.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика