So’nggi yangiliklar

16:09"Арсенал"нинг янги мавсумдаги сардори ким бўлади?  1 15:33"Барса" Рэшфордни рўйхатдан ўтказди. МЮдан ижарага олинган ҳужумчи 1-турда "Мальорка" билан ўйнаши мумкин  5 15:02МЮ 115 млн фунтлик трансфердан воз кечди  4 14:31"Галатасарой" Эдерсоннинг трансфери бўйича "Ман Сити" билан расмий музокараларни бошлади  3 14:00Игорь Шквирин: "Бизга хорижлик мураббий керакми-йўқми? Қарорни ҳозир қабул қилиш лозим. Кападзеда тажриба кам, аммо..."  25 13:30Суперлига. "Нефтчи" учун Наманган — "қўрқинчли" маконми?  9 13:16"Рома" Конени "Интер"га сотмайди. Гасперини хавбекка умид қилмоқда  0 12:45Лёвдан рад жавобини олган Ўзбекистон УЕФА кубогини қўлга киритган мураббийга таклиф билан чиқди  75 12:32Тимур Кападзе Ўзбекистон терма жамоасида қолиши керакми? Алишер Никимбаевнинг фикри  20 12:01"Пахтакор" "Сўғдиёна"ни қийинчиликсиз мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 11:40"Бавария" Симонсни сотиб олмоқчи  0 11:05Павар Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  1 10:41Люпчо Дориев "Пахтакор"га қарши ўйин, голсиз серияси ва нега 14-рақамни ёқтириши ҳақида гапирди  2 10:18Превью. Мусобақа етакчиси чемпионат аутсайдерига қарши баҳсида ким ғолиб бўлади?  7 09:47Аморим "Спортинг"даги шогирдини МЮга олиб келмоқчи  3

Mirjalol Qosimov: "Janubiy Koreyadan qabul qilingan mag'lubiyat hamon yodimizda" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Janubiy Koreyadan qabul qilingan mag'lubiyat hamon yodimizda"

O'zbekiston - Saudiya Arabistoni (3:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.

Qosimovga matbuot anjumanida o'yinning eng yaxshi futbochlisi deb topilgan Sardor Rashidov hamrohlik qildik.

"Assalomu alaykum. Albatta, judayam og'ir shiddatli, qiziqarli o'yin bo'ldi. Sababi ikkala jamoa ham g'alaba uchun o'ynadi. Saudiya Arabistoni safida kuchli futbolchilar yig'ilgan. SHunga qaramay yigitlar maydonga tushib g'alaba qozonishdi. SHu fursatdan foydalanib xalqimizga, Avstraliyaga kelib bizni qo'llab turgan muxlislarga va jurnalistlarga katta rahmat aytmoqchiman", - deydi Qosimov.

"Bugun juda ham yaxshi o'yin bo'ldi. Raqibimiz ham yaxshi o'ynadi. Saudiya Arabistoniga qarshi bahsda ikkita gol urdim, juda ham xursanmdan. Barcha muxlislarga rahmat aytmoqchiman", - deydi Sardor Rashidov.

- Sizningcha murabbiylik faoliyatingizdagi eng chiroyli g'alaba bo'ldimi?

- Haqiqatdan ham bugungi o'yin og'ir kechdi. Qisqa vaqt ichida yigitlarni ruhan tayyorlash kerak edi. Bugun maydonga tushgan futbolchilar, zaxiradagi futbolchilar ham yurakdan g'alaba uchun kurashishdi. Har bir qarich er uchun kurashishdi, bu qilingan mehnatlarining samarasi bo'ldi. Agar har bir o'yinda shunday harakat qilishsa chiroyli g'alabalar bo'laveradi. Futbolchilarga g'alaba uchun rahmat aytaman. Ular xalqimizga kutilgan g'alabani taqdim etishdi. 


- Sardor bugungi birinchi golda kimning xissasi katta bo'ldi deb o'ylaysiz: siznimi yoki raqib posboninimi?

Sardor Rashidov: - Birinchi golimga kelsak butun jamoamizning xissasi. Gollarda duo qilib turgan xalqimizning xissasi bo'ldi. Bu vaziyatda omad ham menga kulib boqdi.


- Bugun bir qator tajribali futbolchilarni zaxirada qoldirishga jazm etdingiz. Yoshlar bilan g'alaba qozonishga qanday erishdingiz?

- Futbol shunday sport turiki unda hech nimani oldindan ayta olmaysiz. Tarkibga yoshlarni kiritdim, bu narsa o'zini oqlaganidan xursandman. Maqsadimiz o'tgan turdayoq g'alaba qozonib, uchinchi turda yoshlarga imkon berish edi. Jeparov hamon terma jamoamizning muhim o'yinchisi, uning termaga hali ko'p foydasi tegadi. 


- Bugun darvozangizga belgilangan penalti haqida nima deya olasiz? 

- Hozir penalti haqli yoki nohaq bo'ldi deb aniq ayta olmayman, videoni ko'rib chiqib aytishim mumkin. Lekin o'sha o'yinchi bir necha marta yiqilib penalti ishlashga uringandi. Simulyaciya uchun hakam sariq kartochka ko'rsatishi kerak edi.


- CHorak finalda raqib Janubiy Koreya bo'ladi. Ushbu jamoa JCH-2014 saralashi yo'lida bizga to'siq bo'lgandi. Futbolchilar va murabbiylar aynan mana shu raqibni mag'lub etib xalqimizni xursand qilish niyati bormi?

- Albatta, barchamiz o'sha holatni yaxshi eslaymiz. Futbolchilarning o'zlarida ham Janubiy Koreyani mag'lub etish maqsadi bor. Nasib qilsa chorak finalda ushbu raqib to'sig'idan ham o'ta olamiz.


- O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari bilan qaysi tilda gaplashasizlar: ruschami yoki o'zbekcha? Melburn shahri haqida nima deya olasiz?

- Tarkibimizda rus tilini biladigan ko'plab futbolchilar bor. Denisov, Jeparov, Kapadze, Krimec... Davlat tili o'zbek tili hisoblanadi. Lekin bazi joylarda rus tilini ham qo'llab turamiz. Bu normal holat deb o'ylayman. SHahar chiroyli ekani ko'rinib turibdi, lekin to'g'risi bizda shaharni aylanishga umuman vaqt bo'lgani yo'q.


Narzulla Saydullaev

Melburn

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика