So’nggi yangiliklar

22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  0 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  10 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  2 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  21 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  31 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  1 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  3 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0

Mirjalol Qosimov: “Yanada ko'proq gol urishimiz kerak edi” Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: “Yanada ko'proq gol urishimiz kerak edi”

O'zbekiston – Bangladesh (3:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.
"Birinchi bo'lim biz uchun yaxshi boshlandi. Tezda uchta gol urishga erishdik. Zaxiradan tushgan futbolchilar o'yinga qo'shilib keta olishmadi. Gollar sonini ko'paytira olmadik. Ikkinchi bo'limda shoshildik va ko'p xatoga yo'l qo'ydik. Yanada ko'proq gol kerak edi, lekin baribir natijadan qoniqdim. Afg'onistonga qarshi bahsda yanada yaxshiroq o'ynamoqchimiz", - deydi Mirjalol Qosimov.

- Dastlabki gol urilgan vaqtda bangladeshlik futbolchi maydonda yotgandi. Bu FIFA qoidalariga zid kelmaydimi?
- Biz doim FIFA qoidalariga bo'ysunamiz. Lekin ko'rgan bo'lsangiz raqibimiz ilk daqiqalardan o'yin vaqtini cho'zishga urindi. Bundan tashqari gol urilgan vaqtda futbolchimiz uni yotganini ko'rgani yo'q. Aks holda to'p maydon tashqarisiga chiqarib yuborilgan bo'lardi.

- O'zbekiston ilk turda ham g'alaba qozonmoqchi edinglar. Ammo durang bo'ldi. Bu sizlarga bugun yanada jahl bilan o'ynashga undadimi?
- Har bir o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Birinchi o'yinda ham futbolchilarim harakat qilishdi. Ammo Gonkong yaxshi himoyalandi, himoyalanayotgan jamoaga qarshi o'ynash doim og'ir. Bugun ham Gonkong ko'p vaqtini himoyada o'tkazdi.

- Gonkong bilan o'yinda ham bugun ham Rashidovning qanoti faol bo'ldi. Bu siz tomondan berilgan ko'rsatmami?
- To'rtta yarim himoyachi bilan o'ynadik. Farruh Sayfiev ko'proq hujumchilarga yordam berishi kerak edi. SHu bois Kozak ko'proq chapda o'ynadi.

- Afg'onistonga qarshi o'yinda zaxiradagilarni sinab ko'rish imkoni bormi. Sababi musobaqa uzoq davom etadi...
- "A" guruhida Janubiy Koreya birinchi o'rinda bormoqda. SHu bois guruhdan chiqib mezbonlarga qarshi o'ynashni istamasdik. SHu bois biz birinchi o'rinni olmoqchimiz. Ammo Afg'onistonga qarshi o'yinga qadar asosiy tarkib futbolchilarga dam beramiz.


Nodirxo'ja Yuldashev
Incheon
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика