So’nggi yangiliklar

14:38"Арсенал" "Атлетик" билан ўйинда икки асосий ўйинчисидан фойдалана олмайди  1 14:04Лизаразю "Ал Насср"га трансфер бўлган Команни танқид қилди  0 13:35Беллингем ва Камавинга "Реал"нинг ЕЧЛ учун қайдномасига киритилган ҳамда "Қайрат"га қарши ўйнаши мумкин  1 13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  7 12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  9 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  0 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  5 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  3 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  2 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  5 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  9 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  7

Mirjalol Qosimov: "Al Jaish"ni g'alaba bilan tabriklayman" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Al Jaish"ni g'alaba bilan tabriklayman"

"Bunyodkor" - "Al Jaish" (1:2) o'rtasidagi o'yindan so'ng tashkil etilgan o'yindan so'ng ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matubot anjumani bo'lib o'tdi.
Uning ikkinchi qismida Mirjalol Qosimov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

"Al Jaish"ni g'alabasi bilan tabriklayman. O'yindagi hayajon o'z tasirini o'tkazdi va o'yin biz o'ylagandek chiqmadi. Qolaversa o'yinni raqibga topshirib qo'ydik. Bu jamoani bizdan bir kalla ustun deb aytamagan bo'lar edim. O'zimizning xatolarimiz qimmatga tushdi. Futbolda har bir o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rish kerak. Superkubokdan keyin bazi futbolchilarimiz havolanib ketishgan edi. Hayot esa bugun ularni o'z joyiga solib qo'ydi", - deydi Mirjalol Qosimov.

- Qatar bugun to'p bilan tezkor harakatda bo'ldi. Qisqa vaqt ichida bunday o'yinga jamoani tayyorlay olasizmi?
- Bu haqda bilar edik. Oddiy vaziyatlarda to'pni yo'qotish boshlandi. 15 daqiqalardan keyin o'nglangadek bo'ldik, ammo... Bundan to'g'ri xulosa chiqarishimiz kerak. To'g'ri, fojea bo'ldi, lekin bu o'zimizning xatoimiz tufayli. Yo'qotilgan ochkoni boshqa o'yinlarda qaytarishga harakat qilamiz.

- O'zingiz bir paytlar futbol bu tramvay emas, unda markazdan ham hujum qilish kerak degan edingiz, bugun esa qanotdan Pishur tomon ishlandi (B.Abdulla).
- Kotodan o'rtada foydalanishni maqsad qilgan edik. O'rta bilan ishlashga harakat qildik, lekin "Al Jaish" bu ishimizni amalga oshirishimizga yo'l qo'ymadi.

- So'nggi paytlarda yapon hakamlarni bizniklarga nisbatan adolatsizliklari ko'payib boryapti. Bu borada OFKga ariza qilish niyatingiz bormi?
- Aybni hakamga ag'darish niyatim yo'q. Bugungi o'yinda umuman boshqacha harakat qilishimiz kerak edi. Ayb o'zimizda. Yosh bolalarcha xato bo'ldi deb o'ylamayman.

- To'raev "Lokomotiv"ga o'tganidan keyin, "Bunyodkor"ning o'rtasida o'zingiz istagan futbolchi bormi, Karlos bilan bu muammoni echa bo'ladimi?
- Futbolda barcha futbolchilar jamoaviy o'yin ko'rsatishi kerak. "Al Jaish" shunday vaziyatdan gol uri, Koto esa yo'q. Aslida almashtirib bo'lmaydigan futbolchining o'zi yo'q. Bunga biroz vaqt yo'q. To'raev ham ikkinchi mavsumida o'yinga kirishib ketgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика