So’nggi yangiliklar

21:00ЕЧЛ. "Қайрат" - "Реал" баҳси асосий таркиблари маълум!  7 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  27 20:56Суперлига. "Машъал" бир киши кам "Бухоро"ни мағлуб эта олмади  13 20:25"Ал Аҳли" устози: "Ультрас" бизга ҳеч қандай босим ўтказмайди. Бундай мухлислар кўз ўнгида футбол ўйнаш ёқимли"  7 19:48Гвардиола "Манчестер Сити" футболчисининг "Реал"га ўтишига тўсқинлик қилган  3 19:20ЎФА нега жим?  10 18:58Максим Шацких: "Ҳужумда қулай имкониятларимиз бўлишига ишончим комил"  8 18:36Фабрицио Романо: Ўзбекистон Фабио Каннаваро билан боғланди  18 18:23Деку "Барселона"нинг Нико Уильямсга бўлган қизиқишини рад этди  3 17:55Ҳиндистон клуби ОЧЛ 2 мусобақасидан четлаштирилди  2 17:35"Қайрат"нинг португалиялик легионери: "Тарихга кириш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  1 17:14Факт. "Бухоро" 23 йилдан буён "Машъал"ни сафарда ютолмаяпти  2 16:56Факт. Виталий Левченко Жиззахда "Сўғдиёна"га мағлуб бўлмаган  5 16:35Қозоғистон терма жамоасига вақтинчалик бош мураббий тайинланди  1 16:13Дракслер етакчилигидаги "Ал Аҳли" Андижонда!  9

Mirshohid Tillaboev: "Muxlislar uchun qiziqarli turnir bo'ldi" Yangiliklar

Mirshohid Tillaboev: "Muxlislar uchun qiziqarli turnir bo'ldi"

Teglar :  Mirshohid Tillaboev
Bugungi turnirdan so'ng "Sanatkor" jamoasida o'ynagan Mirshohid Tillaboev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Avvalam bor Futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga bag'ishlangan ushbu kichik turnir tashkilotchilariga, ular qatorida Mirzahakim aka To'xtamirzaevga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Ushbu turnirdan asosiy maqsad sog'lom turmush tarzini qo'llab – quvvatlashga qaratilgan deb o'ylayman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo'lgani uchun shunday musobaqalar, turnirlar tashkil etilmoqda. O'yin haqida gapiradigan bo'lsam hakamlarimiz hammaga malum, jismoniy tayyorgarliklari shundoq ham bilinib turipti.

"Bunyodkor" jamoasi vakillarini ham barcha futbolchilari yaqin bir ikki yil oldin faoliyatini yakunlashgan. Ularning ham harakatlari o'yin davomida sezilib turdi. Bizni jamoaning asosini sanatkorlar va MOQ vakillaridan tashkil topgan. Bizning tarkibda havaskor futbolchilar bo'lgani uchun qolgan jamoalardan ancha kuchsiz ko'rindik. Lekin muxlislar uchun qiziqroq jamoa biz bo'ldik deb hisoblayman. Bu erda asosiy vazifa g'olib bo'lish emas balki muxlislar uchun chiroyli futbol namoyish etish. Avvalgi turnirda to'rtta jamoa qatnashgan bo'lsa bugungi turnirda 6ta jamoa ishtirok etdi. Bular, "Osiyo” jamoasi ular ham yarim professional futbolchilar hisoblanishadi. Bundan tashqari Oliy liga hakamlarimiz, “Bunyodkor” jamoasi xodimlari qo'shilgani ayni muddao bo'ldi. Bu safargi turnir avvalgisidan qiziqroq bo'ldi. Bunday turnirlar davomiy bo'lsa biz bundan albatta xursand bo'lamiz”, - dedi Mirshohid Tillaboev.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика