Mirko Yelichich: "Birinchi turda istalgan jamoa kutilmagan sovg'a tayyorlashi mumkin"
31 jan 13:55
Yangiliklar
Mirko Yelichich: "Birinchi turda istalgan jamoa kutilmagan sovg'a tayyorlashi mumkin"
Eslatib o'tamiz, "temiryo'lchilar" mavsumni "Surxon"ga qarshi bahs bilan boshlaydi.
- Birinchi turda istalgan jamoa kutilmagan sovg'a tayyorlashi mumkin. Chunki hozir barchaning kayfiyati yuqori, kuchi ko'p, mavsumga deyarli tayyor. Balki ayrim jamoalar 1-turdagi raqibini unchalik kuchli emas deb hisoblashi mumkindir, lekin barchada hozir tarkib o'zgargan va ularning nimalarga qodirligini tasavvur qilish ham qiyin bo'ladi. Shu boisdan istalgan jamoa raqiblariga qiyinchilik tug'diradi.
- Yangi mavsum oldidan Superliga haqida nima deya olasiz?
- Ushbu mavsum qiziq o'tadi, deb o'ylayman. Unda ikki jamoa barchadan o'zib ketib, chempionlik uchun kurashmasa kerak. Ko'p jamoalar darajasi bir-biriga yaqin. Bu liga uchun yaxshi. Hozir oson o'yinning o'zi bo'lmaydi. Chunki barcha jamoalar raqiblarini yaxshi o'rganmoqda. Shu boisdan har bir o'yinga maksimal yuqori darajada tayyorlanib, yaxshi kayfiyatda bo'lib, barqarorlikni saqlash kerak. Bir o'yinni yaxshi o'ynagandan keyin o'sha holatni ushlab qola olish lozim.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar