So’nggi yangiliklar

18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  0 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  4 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  0 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  4 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  3 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  31 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  2 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0

Mirko Elichich "Lokomotiv" bilan o'yindan so'ng: "Ikki oy shug'ullanasan va bir marotaba ham tabiiy maydonda futbol o'ynay olmaysan..." Yangiliklar

Mirko Elichich "Lokomotiv" bilan o'yindan so'ng: "Ikki oy shug'ullanasan va bir marotaba ham tabiiy maydonda futbol o'ynay olmaysan..."

Proliganing 1-turi doirasida "Olimpik" hamda "Lokomotiv" jamoalari o'rtasidagi o'yindan so'ng (2:3) mezbonlar ustozi Mirko Elichich o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


"O'yin haqida yaxshisi kamroq gapirganim maqul. Buni boshqalar muhokama qilib olishlari mumkin. Futbol rivoji yo'lida ko'p o'zgarishlar bo'lmayapti. Bu yomon. Bu o'zgaradimi yoki yo'qmi, bilmayman. Shunday bo'lib qolayotganiga o'zbek futboli uchun afsusdaman. Nima haqida gapirayotganimni tushundingiz deb o'ylayman".


- 2:0 hisobida oldinda bora turib, 2:3 hisobida yutqazib qo'ydingiz. Bu tajriba bilan bog'liqmi?

- Biz jamoa sifatida yig'ilganimizdan so'ng ilk bor tabiiy maydonda o'ynadik. Bu albatta biroz boshqacha bo'ldi. Yigitlarda oyoq og'riy boshladi. Sen ikki oy shug'ullanasan va bir marotaba ham tabiiy maydonda futbol o'ynay olmaysan. Ruxsat berishmayapti. Xattoki rasmiy o'yin oldidan ham. Bu uyatli. Bu bizga xalal berdi. 

"Lokomotiv"dek jamoaga tajriba yordam beradi. Shuningdek, 190 santimetrli odamning ham yordami katta bo'ladi. Biz xech qachon bunday futbol o'ynamoqchi emasmiz.

Men avval bunaqalarni Angliya futbolida ko'rardim. Bunday paytlar o'tib ketgan deb o'ylardim. Vaholanki, unday emas ekan. 


- O'yin oldidan futbolchilar maydon chimini yaxshi o'rishmagan deb aytishdi. Siz bunga etibor berdingizmi? 

- Bu borada ko'p gapirish mumkin. Yaxshisi kamroq gapirganim maqul. Bu haqida o'ylashi lozim bo'lgan odamlar bo'lsa kerak. Bu mening qarorim emas. Bunday holatlar qachon to'g'irlanadi, bilmayman. Men deyarli 20 yildan beri bu erda ishlayman.


- Bugun "Olimpik" safida "Lokomotiv"ning uch nafar futbolchisi o'ynadi. Ular haqida qanday fikrdasiz?

- Yaxshi. Ularga o'z darajalarini namoyish etishlariga imkoniyat beryapmiz. Biz bor-yo'g'i ikki oy birga ishlayapmiz. Futbolchilar yosh. Ular tajriba to'plashadi. Ular kuchli xohishni yo'qotib qo'ymasliklari kerak.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика