So’nggi yangiliklar

14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  0 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  11 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  3 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  2 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  10 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  9 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0

Mirjalol Qosimov: "Yutsak hammamiz zo'rmiz, yutqazsak barchamiz aybdormiz" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Yutsak hammamiz zo'rmiz, yutqazsak barchamiz aybdormiz"

Superliganing 11-turi doirasida "Nasaf"ga qarshi o'yindan keyin OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.


- Juda ham chiroyli o'yin guvohi bo'ldik. Afsus yaxshi o'ynab ham yutqazish mumkin. Buning sabablari bor, birinchi bo'limda futbolchilarim yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Lekin shunga qaramasdan 20 va 22-daqiqalarda qarshi hujumlar o'tkazib yubordik. Biz bunga tayyor edik, o'yin oldidan futbolchilarga "Nasaf" tarkibidagi futbolchilar darajasi yuqori ekanligi va ular yaxshi himoyalanib, tezkor qarshi hujumlarga o'ta olishini takidlagandik. Ikkinchi bo'limda ochiq futbolning guvohi bo'ldik. Natijani tenglashtirdik, ikkala jamoa ham g'alaba uchun tushgan edi. Ikkinchi bo'limda kutilmaganda qo'pol xato bo'lib qoldi. Futbol shunisi bilan qiziq, busiz iloji yo'q. O'z aybimiz bilan mag'lub bo'ldik. "Nasaf"ni g'alaba bilan tabriklayman va superkubokda jamoaga omad tilayman.

- Siz yaxshi jamoa tashkil qilgansiz. OKMK kubokda pley-off bosqichiga chiqdi, chempionatda ham natijalar zo'r. OKMK ikkala frontda ham yuqori maqsadlarni ko'zlaydimi?

- Barchasi oddiy. Har doim aytganman, futbol muxlislar uchun. Biz har bir o'yin uchun jiddiy tayyorlanyapmiz, muxlisbop futbol namoyish qilib, oxirigacha kurashishni istaymiz. Muxlis futbol ko'rish uchun, rohatlanish uchun keladi. Lekin futbolda yaxshi o'ynab yutqazish va yomon o'ynab ham yutish mumkin. Bugungi o'yinga tushgan muxlislar har tomonlama zavqlanishdi, o'yin bobida ham, natijada ham.

- Bugun rostdan ham chiroyli o'yin bo'ldi, muxlislar ham maza qildi. OKMK bugun o'yinni yaxshi boshladi, biroq himoyalanishni boshlagandan keyin gol o'tkazib yubordi. Bu Sizning taktik qarashingizmi?

- Ko'rpani tepaga tortsangiz, pasti ochilib qoladi. Hujumga chiqqandan keyin himoyada bo'shliq paydo bo'ladi. "Nasaf" esa bundan juda unumli foydalandi. 

- Aziz Xolmurodovga ishonch bildiryapsiz. Shu futbolchi haqida fikrlaringizni bilmoqchi edik.

- U o'z ustida ishlashi kerak. Har bir futbolchiga imkon beriladi. U faqatgina o'z ustida ishlashi kerak, unda potencial bor. Alloh bergan tezligi bor, lekin aytishadi-ku, ishlov berilmasa u taxta taxtaligicha qolib ketadi. Shu sababli futbolchi har kuni o'z ustida ishlashi va keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rishi kerak.

- Ruben Sanches yaxshi futbolchi. Uni nega zaxiradan maydonga tushiryapsiz?

- Bu erda reglament bor-da. Ilojimiz bo'lganida 20 futbolchini o'ynatardik. U qishki yig'inlarni jarohati sababli o'tkazib yuborgan. Nafaqat Sanches, balki va Kleydi Daci hamda Aziz Xolmurodov ham yig'inda qatnashmagan. Shu sababli ularga vaqt kerak. Futbolchining ikki yoki uch haftani o'tkazib yuborishining o'zi fojea. Ular esa 3 oyni maydondan tashqarida o'tkazib yuborishdi.

- OKMK jamoasi super kambeklar bilan barchaning etiborida bo'lib turibdi. Bugun kambek qilishga nima etishmadi? Ikkinchi savolim: o'tgan mavsumdagi kabi gollarda G'iyosov-Xolmurodov-Abdurazzoqov uchligi ishtirok etmoqda. Bu mashg'ulotlarda ishlangan rejami?

- Qora ishni qiladigan futbolchilar hech qachon ko'rinmaydi. Har bir o'yinga tayyorgarlik ko'riladi, mashg'ulotlar o'tkaziladi. Gol urilguncha kimlardir katta mehnat qiladi. Oybek Rustamov, Dilshod Ahmadaliev, Islom To'xtaxo'jaevlar juda katta mehnat qilyapti, ular jamoaga sharoit yaratib berishadi. Barcha futbolchilar bir-birini yaxshi tushunadi va shu sababli barcha kichik paslar bilan o'ynashga harakat qiladi. 

Kambeklar esa o'zidan-o'zi kelmaydi va cho'ntakka tushib qolmaydi. Hammasi mehnat, shijoat va oxirigacha kurashishga bog'liq. Evropada ko'ramiz, muxlis ko'ngliga yo'l topish uchun oxirigacha kurashish kerak. Shunda ular futbolchi yutqazgan taqdirda ham oxirigacha o'tirib, olqishlab qo'yadi. Masalan 2:0 yoki 3:0dan keyin futbolchilar to'xtab qolishi mumkin-ku, to'g'rimi? Lekin nima bo'lishidan qati nazar muxlislar uchun o'ynash kerak. Shu sababli bunday g'alabalar o'zidan-o'zi bo'lib qolmaydi. Buning ortida katta mehnat, mashaqqat, sabr bo'ladi.

- Bungacha bo'lgan matbuot anjumanlarida eng ko'p savol darvozabonlar haqida berilgan ekan. Jamoada darvozabon muammosi bormi?

- Hamma chiziqda muammo bor. Darvozabonga bosim bo'ladigan paytlarni cheklash kerak. Albatta, aybni kimgadir ag'darish mumkin. 100 metr ichida faqatgina 16 metridagina u o'yinda bo'ladi. Qolgan joylarda futbolchilar o'ynashadi. Bizda ikkita darvozabon bor, uchinchisi yo'q. Gap bor-ku, yutsa jamoa zo'r, yutqazsa murabbiy aybdor. Bizda yutsak hammamiz zo'rmiz, yutqazsak barchamiz aybdormiz. Bu esa adolatliroq.

- Bugungi o'tkazilgan ikkinchi golda darvozabonning aybi bormi?

- Nisbatan ha.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика