So’nggi yangiliklar

22:20BALLON D'OR-2025  14 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  9 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  5 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  18 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  5 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  9 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  38 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  18 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  10 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0

Mirjalol Qosimov: "Stadiondan bir necha kilometr uzoqlikda cirk bor. Bu erda esa futbol o'ynaladi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Stadiondan bir necha kilometr uzoqlikda cirk bor. Bu erda esa futbol o'ynaladi"

O'zbekiston Kubogi 2-turi doirasidagi OKMK – "Andijon-SGS" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- Ushbu o'yin bizga juda kerakli o'yin bo'ldi. Yurtimizdagi referendum sabab qisqa tanaffus yuzaga kelgandi. SHu sabab ham, bu o'yin juda foydali bo'ldi. Rasmiy o'yin baribir boshqacha bo'ladi. "Andijon-SGS" jamoasi yigitlariga ham qoyil qolish kerak. Eng kerakligi, ular qo'rqmasdan harakat qilishmoqda. Maydon ham ajoyib, yana nima kerak? Raqib ham futbol o'ynaydigan jamoa. Ular to'p bilan muomala qilishda umuman bosimsiz o'ynashdi. Raqib jamoasiga omad tilab qolamiz. Futbol shunday narsaki, biroz to'xtab qolsang, ishlar orqaga ketadi. 

- Bu kabi o'yinlarga futbolchilarni ruhan tayyorlash ikki karra kechishi haqida Maksim SHackix gapirgandi. Bugun ham golga qadar OKMK futbolchilarida biroz bo'shashish, xotirjamlik holati bor edi. Ular raqib bosimini his qilganlaridan so'nggina oldinga o'tishni va vaziyatlar yaratishni boshlashdi. Daraja jihatdan biroz kuchsiz jamoalarga qarshi ruhiy jihatdan to'g'ri tayyorlanish qiyin kechishi haqidagi fikrga qo'shilasizmi?

- Biz "Navbahor" ustidan g'alaba qozonganimizdan so'ng, "Metallurg"ga qarshi o'yinga futbolchilar biroz xotirjamlikka berilib, osongina g'alaba qozonamiz deya borishdi. Aynan shu narsa ko'pincha pand beradi. Bu nafaqat futbolda, balki istalgan sohada shunday. O'ziga bo'lgan talabni susaytirish yomon oqibatlarga olib keladi. Eng keragi "nastroy", ruhiyat. Mashg'ulot qilishga chiqqanda raqibga qarab, ha bular yosh bolalar ekan deya chiqish xato. Bu narsa o'z o'zidan 30-40% zarar keltiradi. Raqibni mensimaslik eng yomon narsalardan biri. Futbolda raqibni mensimadingmi, o'sha zaxotiyoq tayoq eysan. Oldinlari dublyorlar bilan o'ynab turardik, har doim o'sha dubl o'yinchilari asosiy jamoani yutib qo'yardi. Bu albatta bor narsa.

- Ruben Sanchesning o'yinini qanday baholaysiz?

- Yaxshi va aqlli o'yinchi. Bazi vaziyatlarda keragidan ortiq o'ylab yuboradi. Tanaffusda ham unga Amerika ochish shart emasligini uqtirdim. SHunchaki, futbol o'ynash kerak. Futbol jamoaviy o'yin. Har bir o'yinchi jamoaga foyda keltirishi kerak. Qaysidir vaziyatlarda nostandart qarorlar qabul qilsa bo'ladi, aksariyat holatlarda esa oddiy o'ynash kerak. Eng qiyini ham shu. Bugun Ruben gol ura olmadi. SHuning uchun oddiy o'ynash kerak edi. Haqnazariy ham o'yin oxirida ortiqcha harakatlar qildi, kino kabi. Raqibni hurmat qilish kerak. Bu meni fikrim. Stadiondan bir necha kilometr uzoqlikda cirk bor.  Bu erda esa futbol o'ynaladi. 

- Demak, bugun yirikroq hisobda g'alaba qozonishingiz mumkin edi?

- Gap bunda ham emas. Hisob unchalik ham ahamiyatga ega emas. SHunchaki, mavsum bitta o'yindan iborat emas. Keyingi o'yinlar Superliga jamoalariga qarshi bo'ladi. Bugungi raqib menga yoqdi, ular qo'rqishmayapti. Xatoni hamma qiladi. Hamma o'z ishini to'g'ri bajarsa, hammasi yaxshi bo'ladi. 

- Darvozabonni tanaffusda almashtirilishi rotaciya edimi?

- Yo'q. Rotaciya emasdi. "Paxtakor"ga qarshi o'yinda Valijon jarohat olgandi. Bundan tashqari, Ergashev o'yin boshidayoq sariq kartochka olgandi. SHu sabab ham almashtirish qildim. 10 daqiqadan keyin nima bo'lishini bilmaymiz. Tez orada chempionat boshlanadi, shu sabab ham tavakkal qilishni istamadim. Xullas, o'zgartirishga sabab sariq kartochka edi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика