Mirjalol Qosimov: "So'nggi daqiqalarda o'tkazib yuborgan golimiz bir necha daqiqaga intriga yaratdi"
01 iyu 2023 23:03
Yangiliklar
Mirjalol Qosimov: "So'nggi daqiqalarda o'tkazib yuborgan golimiz bir necha daqiqaga intriga yaratdi"
"So'g'diyona" hamda OKMK o'rtasidagi Superliganing qoldirilgan 8-tur o'yinidan (1:2) so'ng mehmon jamoa ustozi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Mirjalol Qosimov: "Bu juda ham muhim o'yin edi, chunki avvalgi bahsda "Nasaf"ga mag'lub bo'lgandik. Qolaversa birinchi davrani yaxshi kayfiyatda yakunlashga harakat qildik. "So'g'diyona" avvalgi turda "Surxon"ga mag'lub bo'lgani tufayli bugun qiynalishimizni bilardik. Havo ham kechagidan issiqroq bo'ldi. Ob-havo tufayli birinchi bo'limda temp baland bo'lmadi. Ikkala jamoa g'alaba uchun harakat qildi. Ikkinchi bo'limda qarshi hujumda yaxshi vaziyatlarga ega bo'ldik, biroq ulardan foydalana olmadik. Biroq so'nggi daqiqalarda o'tkazib yuborgan golimiz bir necha daqiqaga intriga yaratdi. SHunga qaramay kerakli uch ochkoga ega bo'ldik".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar