Mirjalol Qosimov: "O'n kishi bo'lib qolishimizga qaramay, oxirigacha kurashdik. Bu esa o'z samarasini berdi"
07 okt 2023 20:00
Yangiliklar
Mirjalol Qosimov: "O'n kishi bo'lib qolishimizga qaramay, oxirigacha kurashdik. Bu esa o'z samarasini berdi"
"O'yin qiziqarli bo'ldi. Vaziyatni nazorat qilayotgandik. Yomon harakat qilmadik. Vaziyatlardan foydalana olmaslik muammosi yana davom etdi. Vaziyatlardan foydalana olmay, raqibni qarshi hujumda o'tkazib yuborganimiz birinchi bo'limda bizni biroz ranjitdi. Qolaversa, ikkinchi bo'limdagi o'sha epizod umuman keraksiz edi. Biz uch tomonlama jabr chekdik. 11 metrlik nuqta, qizil kartochka va gol. Bu vaziyatni o'zlari ko'rib chiqishadi. Futbolchilar va muxlislarga rahmat aytmoqchiman. O'n kishi bo'lib qolishimizga qaramay, oxirgacha kurashdik. Bu esa o'z samarasini berdi. Haqli ravishda uch ochkoga ega chiqdik. Muammolar etarli, ammo ulardan chiqib ketishimizga umid qilaman, -deydi Mirjalol Qosimov "So'g'diyona"ga qarshi uchrashuvdan so'ng.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar