So’nggi yangiliklar

16:00Суперлига. "Сурхон" - ОКМК 0:0 (матнли трансляция)  2 15:53"Бунёдкор"нинг ОЧЛдаги энг йирик ғалабасини ёдга оламиз   0 15:44Англиялик ҳужумчи Конго ДР терма жамоасида ўйнашга тайёр  0 15:17Путин: "Футбол мухлислари доимий равишда ҳакамлик сифатига эътибор беради"  1 14:41Дмитрий Ан қирғиз жамоасини бошқаради  3 14:18"Атлетико" футболчиси ЖЧни ўйлаб жамоадан кетмоқчи  3 13:51"Манчестер Сити"нинг ўтмишдаги рекорд трансфери тўртинчи марта ҳибсга олинди  1 13:22"Интер" Милан дербиси олдидан икки футболчисини йўқотди  0 12:50ЖЧ олдидан: "Челси" футболчиси ўзига жамоа қидирмоқда  2 12:22"Барселона" сардори қишда жамоани тарк этиши мумкин  3 11:56"Реал"нинг аргентиналик футболчиси Мастантуоно Ламин Ямаль ҳақида тўхталди  0 11:33"Реал" асосий ўйинчиларидан бири яна жароҳат олди  2 10:58"Арсенал" ўз етакчиси билан янги шартнома имзолашга яқин  0 10:32Ибрагимович Ла Лига, Премьер-лига ва А Серияда ўйнаш ўртасидаги фарқларни тушунтирди  3 10:05Эксперт фикри. Ёрқин Назаров: “Жаҳон чемпионатида музқаймоқ еб келиш эмас, муносиб ўйин кўрсатишимизга умид ва ишонч уйғонди”  7

Mirjalol Qosimov: "Nega bunday savol beraverasizlar? Agar Botirali Ergashev ayrim bir vaziyatlarda jamoasini qutqarmaganida, o'yin natijasi boshqacha bo'lar edi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Nega bunday savol beraverasizlar? Agar Botirali Ergashev ayrim bir vaziyatlarda jamoasini qutqarmaganida, o'yin natijasi boshqacha bo'lar edi"

O'zbekiston Superligasi 22-tur doirasidagi OKMK - "Neftchi" (2:1) o'yinidan so'ng olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Ikki jamoa ham yaxshi o'yin namoyish etdi va bugun qiyin o'yin bo'lishini bilgandik. Sababi "Neftchi" juda yaxshi himoyalana oladi va qarshi hujumga o'tadi. Birinchi bo'limda standart vaziyatdan o'tkazib yuborgan golimiz bizga asosiy muammolarni keltirib chiqardi. O'sha goldan so'ng biz shoshqaloqlik qila boshladik. O'yinning dastlabki qismida hisobni tenglashtirish uchun ikkita vaziyatimiz bor edi. Raqib darvozaboni Botirali Ergashev bugun yaxshi o'yin o'tkazdi va o'z jamoasiga yordam berdi. Tanaffusdan keyin esa, o'yinni boshqarishga harakat qildik, lekin "Neftchi" tartibli himoyalandi. Futbol shunday o'yin, sen urmasang senga urishadi. "Neftchi" bugun haqli tarzda g'alabani ilib ketdi. Jamoam so'nggi daqiqalarga qadar kurash olib borgani meni xursand qildi, bu juda yaxshi jihat. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman va biz keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'rishda davom etamiz", - dedi Mirjalol Qosimov.


- Asosiy tarkibni tanlashda xato qildim deb o'ylaysizmi?


- Nega bunday savollar beraverasizlar? Masalan, men xato qildim yoki yo'q. Qaysi futbolchi maydonga tushish uchun yaxshiroq tayyor bo'lgan bo'lsa, men ularga imkoniyat berdim. Hammaga ham birdek yoqib bo'lmaydi. Agar boshqa tarkib bilan ham mag'lub bo'lganimizda, yana shu savolni berishgan bo'lar edi. Bu keraksiz savol deb o'ylayman, to'g'risi.


- Mirjalol aka, ikkinchi bo'limda Rahmonov va Ahmadaliev o'yinga qo'shilganidan so'ng jamoa o'yini yaxshilandi...


- Birinchi taymda ham yaxshi o'ynadik-ku. Biz standart vaziyatdan gol o'tkazib yubordik. Eldor bugun ko'p individual xatolarga yo'l qo'ydi. Gadoev ham shoshqaloqlik qildi va ko'p vaziyatlarda to'pni yuqotdi. SHu sababli, tanaffusning o'zidayoq o'zgarishlarga qo'l urdim. Bu futbol. Agar Botirali Ergashev ayrim bir vaziyatlarda jamoasini qutqarmaganida, o'yin natijasi boshqacha bo'lar edi. Ahmadalievning goli biroz kechroq urildi, menimcha.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика