So’nggi yangiliklar

17:10Суперлига. "Пахтакор" – "Насаф". Таркиблар маълум  3 17:10Суперлига. "Сурхон" - ОКМК 0:0 (матнли трансляция)  3 16:45Самвел Бабаян "Андижон" бош мураббийи бўладими?  10 16:29Суарес: "Мен доим танқид билан курашганман"  1 15:53"Бунёдкор"нинг ОЧЛдаги энг йирик ғалабасини ёдга оламиз   4 15:44Англиялик ҳужумчи Конго ДР терма жамоасида ўйнашга тайёр  0 15:17Путин: "Футбол мухлислари доимий равишда ҳакамлик сифатига эътибор беради"  3 14:41Дмитрий Ан қирғиз жамоасини бошқаради  9 14:18"Атлетико" футболчиси ЖЧни ўйлаб жамоадан кетмоқчи  3 13:51"Манчестер Сити"нинг ўтмишдаги рекорд трансфери тўртинчи марта ҳибсга олинди  2 13:22"Интер" Милан дербиси олдидан икки футболчисини йўқотди  0 12:50ЖЧ олдидан: "Челси" футболчиси ўзига жамоа қидирмоқда  2 12:22"Барселона" сардори қишда жамоани тарк этиши мумкин  3 11:56"Реал"нинг аргентиналик футболчиси Мастантуоно Ламин Ямаль ҳақида тўхталди  0 11:33"Реал" асосий ўйинчиларидан бири яна жароҳат олди  2

Mirjalol Qosimov: "Natijadan qoniqqanim yo'q, barchasini birinchi bo'limda hal qilish kerak edi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Natijadan qoniqqanim yo'q, barchasini birinchi bo'limda hal qilish kerak edi"

Superliga 23-tur doirasidagi "Metallurg" - OKMK (1:1) o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Biz uchun chempionat yakuniga yaqinlashgan sari o'yinlar og'ir tus olmoqda. Bugungi bahsda natijadan ham, o'yindan ham qoniqmadim. "Neftchi"ga qarshi o'tkazgan bahsimizning 2-taymidagi o'yinning yarmini ham ko'rmadim. Hammasini birinchi taymda hal qilish kerak edi. Qolaversa, Arixiro ham bir metrdan bo'sh qolgan darvozani ishg'ol etishi kerak edi. Gol urmasang barcha harakatlaring nolga teng. Bizdan pastdagi jamoalar ham ancha yaqinlashib qoldi. Bu esa asabiylikni oshiradi, shu sabab natijadan qoniqqanim yo'q. Bugun derbiga xos o'yin ko'rdik.


— Ikkinchi o'rin uchun imkoniyat qanday deb hisoblaysiz?

— Aytganimdek, o'zimizni og'ir vaziyatga tushirib qo'ymoqdamiz. "So'g'diyona"ga qarshi Jizzaxda ham yomon o'yin ko'rsatmadik, faqatgina so'nggi daqiqalarda standartdan to'p o'tkazib yubordik. "Neftchi"ga qarshi va bugungi o'yinda ham yaxshi o'yin ko'rsatdik, asosiysi vaziyatlardan foydalanish kerak. Nima bo'lgan taqdirda ham oxirigacha kurashamiz. Avvalambor, kombinatimizning 75 yillik bayramiga g'alaba tuhfa etmoqchi edik, ammo doim ham istagan narsamiz ro'y beravermaydi. Ularni bayram bilan tabriklaymiz.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика