So’nggi yangiliklar

22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  4 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  1 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  7 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  6 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  25

Mirjalol Qosimov: Maqsad guruhga chiqish Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: Maqsad guruhga chiqish

OCHL pley-off bosqichi doirasidagi Al Arabi - OKMK uchrashuvidan oldin tashkillashtirilgan matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bilan birgalikda futbolchi Sanjar Tursunov qatnashdi.

O'yin haqida.

Mirjalol Qosimov: Avvalambor barchaga Assalomu alaykum! Ertaga bizni judayam qiziqarli o'yin kutmoqda. Ikkala jamoada ham guruh bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritish imkoniyati bor. Bu erga yaxshi niyatda kelganmiz. Maqsadimiz guruh bosqichiga chiqish.

Sanjar Tursunovga savol. Ertangi bahs uchun jamoa qanday tayyorgarlik ko'rdi? Bo'lajak o'yin haqida fikringiz?

Assalomu alaykum! Biz barchasini tushunib turibmiz, bu o'yin juda muhim bahs hisoblanadi. G'olib esa guruh yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Barcha futbolchilar nomidan aytishim mumkin, biz ertangi o'yinga tayyormiz.

«Al Arabi» klubi haqida qanday malumotlarga egasiz va ertangi o'yindan nimalarni kutmoqdasiz?

Mirjalol Qosimov: «Al Arabi» shakllangan jamoa hisoblanadi. Tarkibda kuchli legionerlar harakat qiladi. Qolaversa, to'p bilan muomalada jamoaviy o'yin namoyish etib ko'proq hujumga etibor qaratadi.

Tarkibda diskvalifikaciya sabab Martin Boakening yo'qligi jamoa o'yiniga qanday tasir ko'rsatadi?

Mirjalol Qosimov: Futbol jamoaviy o'yin. Unda albatta bu kabi vaziyatlar uchrab turadi. Jamoamizda bir-birini o'rnini to'ldiradigan o'yinchilarimiz etarli.

Jahon chempionati bo'lib o'tgan stadiondan taassurotlaringiz qanday?

Mirjalol Qosimov: Taassurotlarimizni ertangi o'yindan keyin aytamiz. Albatta, Jahon chempionati bo'lib o'tgan stadionda o'ynash futbolchilar uchun yoqimli.

Sanjar Tursunov: Qatar mamlakatini Jahon chempionati o'tkazilmasidan oldin ham yaxshi ko'rar edim. Musobaqa o'tkazilganidan keyingi muhitdan so'ng taassurotlar ijobiy.

«Al Arabi» futbol klubini mag'lubiyatga uchratib musobaqadan chiqarib yuborishni maqsad qilganmisiz? Xuddiki, «Al Garafa» shunday qilganingiz singari.

Mirjalol Qosimov:

Maqsad guruhga chiqish!

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика