So’nggi yangiliklar

08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  1 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  0 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  3 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  2 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  1 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  31 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   40 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  24 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  54

Mirjalol Qosimov: "Maqsad faqat kubok emas, qitada ham munosib ishtirok bo'lishi lozim!" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Maqsad faqat kubok emas, qitada ham munosib ishtirok bo'lishi lozim!"

O'zbekiston kubogi finallarining ramziy terma jamoasidan o'rin olgan Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'zbekiston Kubogidagi o'zim ishtirok etgan birinchi finalni yaxshi eslayman. O'sha yili chempionlikni boy bergan bo'lsak-da, kubok finalida “Navbahor”ni 3:0 hisobida mag'lub etgan edik. O'sha o'yinda 2-golga mualliflik qilganman. Eng esda qolarli final deb 1997 yilgi “Paxtakor”-“Neftchi” uchrashuvini aytgan bo'lardim. Uchrashuvning asosiy vaqti tugashiga 4 daqiqa qolganda biz hisobni tenglashtirganmiz – 2:2. Qo'shimcha taymlar belgilangan. O'sha paytda “oltin qoida” amal qilar, yani kim qo'shimcha vaqtda to'p kiritsa o'yinga yakun yasalar va o'sha jamoa g'olib deb elon qilinardi. “Neftchi”da juda qulay imkoniyat bo'lgan va ular gol urganlarida g'olib deb topilardilar. Lekin omad biz tomonda bo'lgan. Uchrashuv yakunlanishiga 2 daqiqa qolganda Andrey Akopyanc tomonidan kiritilgan to'p bizga kubokni taqdim etgan.

​2003 yilgi “Nasaf” bilan final ham yodimda qolgan. O'shanda 2-bo'limda maydonga tushgandim. “Paxtakor” 2:1 hisobida oldinga borayotganiga qaramay, qarshiliklar hujumga zo'r berishgandi. 84-daqiqada men hisobni 3:1 ga etkazganimdan keyingina, ular taqdirga tan berishgandi.

​Bu yilgi finalga keladigan bo'lsak, mutaxassis sifatida “Nasaf”ning imkoniyatlari yaxshiroq deb hisoblayman. Sababi, jamoaning hozirgi o'yini yaxshi shakllangan, tarkib bir necha yildan beri stabil bo'lgani uchun o'yinchilar maydonda bir-birlarini yaxshi tushunishadi. Ular yarim finalda “Lokomotiv”dan ustun kelganlari ham ko'p narsani anglatadi. Lekin “Bunyodkor” irodali jamoa ekanini ham unutmaslik darkor. O'tgan yili Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining so'nggi turida safarda “Al Jaish”, shuningdek, bu yilgi saralash bahsida “Al Jazira”ning ustidan qozonilgan irodali g'alabalar fikrimga dalil bo'la oladi. Aytmoqchimanki, men bilgan “Bunyodkor” o'z irodasini ko'rsata olsa, “qaldirg'ochlar” o'z maqsadlariga erishishlari mumkin.

Tilagim, kubokni kim olishidan qatiy nazar, OCHL musobaqasida yurtimiz sharafini munosib himoya qilishsin. Bu yil birorta ham klubimiz guruh bosqichidan chiqa olmagani, qitadagi reytingga salbiy tasir ko'rsatdi. SHu boisdan ham maqsad faqat mamlakat kubogi emas, qitada ham munosib ishtirok bo'lishi lozim!", - deydi Mirjalol Qosimov.

SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика