So’nggi yangiliklar

10:27Мареска Санчеснинг 3-дақиқада олган қизили ҳақида гапирди  0 09:55Хаби Алонсо "Реал Мадрид" тарихида фақат икки мураббий эришган муваффақиятни такрорлади  3 09:23"Манчестер Юнайтед" - "Челси" учрашувининг биринчи бўлими АПЛ тарихига кирди  1 08:41"Барселона" Маркус Рэшфорд борасида бир қарорга келди  2 08:07Суперлига. Бугун 22-тур якунланади  3 08:05МЛС. Мессининг иккита голи ва битта голли узатмаси "Интер Майами" жамоасига "Ди Си Юнайтед" устидан ғалаба келтирди  16 07:35Саудия Пролигаси. "Ал Насср"дан йирик ғалаба. Роналдудан дубл  4 06:55Суперлига. "Нефтчи" – "Динамо" 2:1   0 06:40Эксперт фикри. Абдуқаҳҳор Маъруфалиев: "Бухоро"да янги мураббий таъсири кўринди, Фарғонада тенг ўйин бўлди. Лекин..."   5 02:01А Серия. "Ювентус" "Верона"ни мағлуб этолмади, "Милан" эса йирик ҳисобда ғалаба қозонди   13 00:55Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  2 00:50АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Челси"дан устун келди, манчестерликлар рақиб 10 киши бўлиб қолганда иккита гол уришди  63 00:31"Яхшигина "тўда" йиғилди. Сервер Жепаров - "Афсоналар кубоги" ва УЕФА мураббийлик лицензияси учун ўқиш ҳақида  2 00:06Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  5 23:50ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ишончли ғалабага эришди, Раҳмоналиев 90 дақиқа ҳаракат қилди  6

Mirjalol Qosimov "Lokomotiv"ga uch ochkoni olib bergan AGMKning kichik xatolarini sanab berdi Yangiliklar

Mirjalol Qosimov "Lokomotiv"ga uch ochkoni olib bergan AGMKning kichik xatolarini sanab berdi

Coca Cola Superliganing 23-turi doirasida "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan keyin AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.






- Dramatik o'yin bo'ldi. Havoning sovuqligiga qaramasdan, jamoalar qattiq kurashdi. Qolaversa, faqatgina g'alaba uchun o'ynashdi. Fursatdan foydalanib, so'nggi daqiqada g'alabani ilib ketgan "Lokomotiv"ni g'alaba bilan tabriklayman. Temp bo'yicha ham, kurash borasida ham yaxshi o'yin bo'ldi. Albatta, biz ham oldimizga muvaffaqiyat qozonishni maqsad qilib maydonga tushgandik. Bu futbol. SHunday paytlar bo'ladi, jamoa oddiygina xatolarning ortidan mag'lubiyatga uchraydi.

- "Bunyodkor"da ishlab yurgan paytingizda, asosan yosh futbolchilarni ko'proq o'ynatardingiz. AGMKda esa asosan tajribali futbolchilarga etibor qaratyapsiz. Jamoada yoshlar va yoshi kattalarning o'rtasida uyg'unlik yo'qdek ko'rinmoqda.
- "Bunyodkor", "Paxtakor", "Nasaf"ning akademiyasida yosh va iqtidorli futbolchilar juda ko'p. SHuning uchun ham u erda yoshlar bilan ishlash osonroq. Bizda ham yoshlar juda ko'p. Ularni sekin-sekin asosiy jamoaga qo'shyapmiz. Yoshlar jamoamizda yaxshi futbolchilar bor. Barchaning vaqt soati bor. Bugungi o'yinda biz osongina g'alabani berib qo'ydik. Lekin shijoat va kuch-g'ayrat jabhasida aytishim mumkin, biror futbolchimni yugurmadi deb bo'lmaydi. Haqiqatdan ham agarda Bikmaev gol urgan vaziyatda jarimadan to'pni noto'g'ri ko'tardik, ketidan Rahmatov markazda Bikmaevni yiqitishi kerak edi, bu kichik fol deyilardi. Qolaversa, Saydullo to'pni autga chiqarib yubormasdan, darvozabonga uzatishi mumkin edi. Yana bir oddiy xato - Saydullo autga chiqib ketgan to'pga qaramadi, "Lokomotiv" futbolchilari tezkorlik bilan o'yinni boshlab ketdi. SHu xatolar "Loko"ga 3 ochko taqdim qildi. Futbol shunday - oddiy xatolar shunchalik ko'p bo'lsa jamoaga qiyin bo'ladi. Kecha bu borada ko'p gaplashdik. Bugungi o'yinda durang adolatli natija bo'lardi.

- Zaxiradan tushgan futbolchilar o'yinni kuchaytirmagandek. Etiborni Saydullo Rahmatovga qaratmoqchiman. Unga qizil libos berib qo'ysangiz bo'ldi. U "Loko" uchun o'ynagandek ko'rindi.
- (kuladi) Ishlamagan odam xato qilmaydi. Bu mening xatoim. Almashtirish jarayonida xato qildim deb o'ylayman. Zaxiradan tushgan boshqa futbolchilar o'yinni kuchaytirdi, lekin Saydullo emas.

- Elguja Grigalashvili 90 daqiqaga tayyor emasmidi?
- Ikkinchi bo'limda u yugurishni to'xtatib qo'ydi. Futboldagi birinchi eng kerakli jihat - yugurish. Faqatgina to'p tushganda emas, balki hamma himoyaga yordam berishi kerak. Jamoaviy himoya degan faktor bor. Bir kishi himoyada ham hujumda ham yordam bermasa, muvozanat buzilmadi. SHuning uchun ham men uni olib, himoyaga Saydulloni tushurgandim.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика