So’nggi yangiliklar

19:44Al Ain Cup. Ўзбекистон - Эрон. Асосий таркиблар маълум  4 19:25U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади  341 19:13Рейндерс: "Мен ЖЧ-2022ни диванда томоша қилганман. Бу сафар бутунлай бошқача бўлиши аниқ"  0 18:48Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Хитой билан муроса кўчасини танлади  3 18:20U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/4 финалга чиқса, тўпурарларимиздан бири майдонга туша олмайди  7 18:04Расмий хабар: "Андижон" Максим Шацких билан хайрлашди  27 17:33Трамп: "ЖЧ-2026 мисли кўрилмаган даражада муваффақиятли ўтиши учун барча нарсани ишга солиш ҳақида кўрсатма бердим"  1 16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  5 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  7 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  2 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  1 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  17 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1 14:14Фабио Каннаваро U-17 ЖЧдаги Ўзбекистон – Италия тўқнашуви ҳақида: "Менинг порлоқ бугуним ва менинг тарихим"  11 13:52Осиё кубоги-2027 саралаши. Тожикистон сафарда йирик ғалабага эришди  3

Mirjalol Qosimov: "FIFA kunlarida tiklanib olish uchun vaqtimiz bo'ladi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "FIFA kunlarida tiklanib olish uchun vaqtimiz bo'ladi"

Superliganing 10-turidan o'rin olgan OKMK - "Metallurg" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Haqli g'alabaga erishdik deb o'ylayman. Birinchi bo'limda ustunlikka ega bo'ldik. Ikkinchi bo'lim o'rtalariga qadar o'yin nazorati biz tomonda edi. So'ngi daqiqalarga borib "Metallurg" jamoasida ham imkoniyatlar bo'ldi. SHunga qaramay g'alabaga erishib, 3 ochkoga ega chiqdik.

"Metallurg" jamoasi hech ochilib keta olmayapti. Ularda oldinda o'yinlar bor, jamoa hali o'z imkoniyatlarini ko'rsata olishiga ishonaman. Oldimizda FIFA kunlari bor, tanaffusga chiqamiz. Bu vaqt mobaynida navbatdagi tur o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish uchun vaqtimiz bo'ladi.

- Sanches qachon safga qaytadi?

- FIFA kunlarida bizga jarohatda bo'lgan futbolchilarni safga qaytarish uchun imkoniyat yaratadi. Sanches qaytgani bilan birdaniga o'ynab ketishi qiyin. Hozircha umumiy guruhga emas, induvidial mashg'ulotlarga qaytadi.

- Ali Abdurahmonov va Azizbek Xolmurodovlarning o'yinlarini qanday baholaysiz?

- Ularning oldinda qiladigan ishlari ko'p. O'sishni istasa, o'z ustida ishlashlari kerak. Bugun faqat ular emas, butun jamoa o'ynadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика