So’nggi yangiliklar

03:10ЕЧЛ. "Интер" "Қайрат"ни енгди, "Бенфика" "Байер"га ютқазди ва бошқа натижалар  0 03:00ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади  28 03:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Боруссия Д"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. Ҳусанов захирада қолди  9 01:24ЕЧЛ. "Қорабоғ" "Челси" билан дуранг ўйнади, "Вильярреал" "Пафос"га ютқазди  2 00:45Про лига. "Олимпик-MobiUz" ва "Локомотив" ўртасидаги учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 00:35Лионель Месси МЛС 2025 йилнинг рамзий терма жамоасига киритилди  1 00:07Ашраф Ҳакими икки ойга сафдан чиқди  2 23:47Азизбек Абдумўминов: "Насиб бўлса, кубокни Ўзбекистонга олиб келамиз"  4 23:25U-17 Жаҳон чемпионати. Парагвай – Ўзбекистон 1:2  2 23:15Флик "Барселона"дан кетишни режалаштирмаяпти. Мураббий клубда бахтли  5 22:57ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади  71 22:37Ислом Исмоилов: "Оғир учрашувда ғалаба қозондик. Ўйинни назорат қилдик"  14 22:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистоннинг гуруҳидаги иккинчи учрашувда Ирландия йирик ҳисобда ғалаба қозонди  4 21:59Фарҳод Нишонов: "Агарда улар ўз сифатларини яхшилай олишмаса, топ-футболчи бўла олишмайди"  0 21:39Мирко Йеличич "Олимпик-MobiUz"га қарши ўйиндан сўнг қисқа фикр билдирди  2

Mirjalol Qosimov: "Agar VAR bo'lganida, uchta penalti tepishimiz kerak edi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Agar VAR bo'lganida, uchta penalti tepishimiz kerak edi"

Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Dinamo"- AGMK uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'yin haqida taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.




O'yin haqida

- Qiziqarli o'yin guvohiga aylandik. Qolaversa, muxlislar ikkala taymda ham zerikishgani yo'q. To'p uchun oxirigacha kurash kechdi. Olmaliqdan tashrif buyurgan muxlislarga o'z minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Qolaversa, shogirdlarimga ham rahmat aytaman. Sababi, 1:0 hisobida orqada bora turib, o'zlarida kuch topa olishdi hamda raqib darvozasiga ikki bor yo'l topib, haqli ravishda g'alabaga munosibligini ko'rsatishdi. Futbol shunisi bilan qiziq. O'yin oxirida darvozamiz tomon penalti belgilandi. Agar VAR bo'lganida, biz o'yin davomida uch marotaba 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshirishimiz kerak edi. Albatta, ilk navbatda jamoa oldinga qo'ygan maqsad sari intilishi hamda muxlislar uchun maydonga tushishi lozim. 

- "Dinamo" so'nggi o'yinlarning oxirgi daqiqalarida o'yinni boy bermoqda. Jamoani qay darajada o'rgandingiz?

- Bu butun dunyo futbolida sodir bo'ladigan jarayon hisoblanadi. CHempionlar ligasi yoki kechagi APL doirasidagi "Manchester Siti" va "Liverpul" ishtirokidagi o'yinlarda ham shu holat ro'y berdi. Futbol bir taym o'ynalmaydi, 90 daqiqa davom etadi. Raqibni o'rganishda unday fikr bizda yo'q edi. 

- "Dinamo" rahbariyati omadsiz o'yinlardan so'ng bosh murabbiyni o'zgartirdi. Yangi murabbiy qo'l ostidagi jamoaning o'yini sizda qanday taassurot qoldirdi?

- Samarqandliklar avvalgi o'yinlarda ham yomon harakat qilmagandi. Bekoboddagi o'yinda ham CHumak maydondan chetlatilmaganida, g'alaba qozonish imkoniyati bor edi. "Navbahor"ga qarshi bahsda ham yaxshi harakat qilganiga qaramay, standart vaziyatlarni o'tkazib yubordi. Yangi murabbiyga kelgusi faoliyatida omad tilab qolaman", - deydi olmaliqliklar bosh murabbiyi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика