So’nggi yangiliklar

00:50Ямал жароҳати туфайли "Нюкасл"га қарши ўйнамайди  0 00:10ЕЧЛ. "Реал Мадрид" илк турда "Марсел"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  93 00:00ЕЧЛ. "Арсенал" илк турда "Атлетик"ка қарши ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  26 23:24Элит ОЧЛ. "Трактор" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади. Хамробеков 78-дақиқада майдонга тушди  0 23:08ЕЧЛ. "Ювентус" - "Боруссия Д". Таркиблар маълум!  6 22:33"Милан" ва "Интер" "Сан-Сиро"ни сотиб олиш бўйича шаҳар маъмурияти билан келишиб олишди  0 22:03"Бу мағлубиятдан фожеа ясаш керак эмас, Осиё гранди билан қўрқмай ўйнагани учун ҳам раҳмат" — "Ал Аҳли" - "Насаф" учрашуви мутахассис нигоҳида   16 21:11Ўзбекистон футзал бўйича Японияга мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:58 "Навбаҳор" футбол мактаби "Аякс" футбол академияси бошқарувига берилади   11 20:43Фарҳод Нишонов: "Про лигага ВАР албатта керак"  0 20:2237 ёшли Мата Австралия чемпионатида жамоасини ўзгартирди  1 20:02Мирко Еличич: "Олимпик-MobiUz" – сифат ва тезлик бобида ажралиб турадиган, ҳужумкор ўйнайдиган жамоа"  0 19:44Аббосбек Ўлмасбеков: "Осиё Кубоги саралашида ҳар учала ўйинда ютишни ният қилганмиз"  1 19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  9 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  14

Mirabror Usmonov hayot bo'lganida bugun 73 yoshga to'lar edi Yangiliklar

Mirabror Usmonov hayot bo'lganida bugun 73 yoshga to'lar edi

Teglar :  Mirabror Usmonov
Bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol federaciyasining sobiq marhum prezidenti Mirabror Usmonov hayot bo'lganida 73 yoshni qarshi olar edi.

Afsuski, beshavqat o'lim 2019 yilning 15 mart kuni o'zbek futbolining dunyoga tanilishida ulkan xissa qo'shgan oliyjanob insonni oramizdan olib ketdi. 1947 yilning 4 iyul kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan Mirabror Zufarovich davrida o'zbek sporti infratuzilmasi sezilarli ravishda o'sishga erishgan.

Usmonov bir nechta sport inshootlarining qurilishi, jumladan "O'zbekiston" sport majmuasi, Suv sporti saroyi, Gimnastika majmuasi, Milliy olimpiya qo'mitasi binosi, Farg'onadagi "Istiqlol", Nukusdagi "Turon" hamda Buxorodagi "Buxoro" stadionlari qurilishida jonbozlik ko'rsatgan.



SHuningdek, Mirabror Usmonov MOQ prezidenti bo'lgan davrda O'zbekiston uchun Olimpiya o'yinlari tarixidagi rekord natija qayd etilgan. Sportchilarimizning Rio-2016 Olimpiadasida 13 ta medalni qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida 21-o'rinni egallagani ham Usmonov boshlab bergan islohotlarning mevasidir!

Bundan tashqari, Mirabror Usmonov davrida o'zbek klublari Osiyo chempionlar ligasi uchun 4 ta kvotaga ega bo'lishdi. Jamoalarimiz OCHLning yarim final bosqichiga qadar etib bordi. Usmonov hayotda ham oliyjanob inson edi. Insonlarga hamisha qo'lidan kelganicha yordam bergan. Bu haqda ortiq gapirmasa ham, ko'pchilik biladi.




Bir necha yil davomida O'FFda Usmonov qo'l ostida ishlagan taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev Mirabror Zufarovichni shunday xotirlaydi


- Mustaqil mamlakatimiz tarixida O'zbekiston futbol federaciyasini boshqalardan uzoqroq (deyarli 12 yil) boshqargan, 2013-2017 yillarda milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti bo'lgan Mirabror Usmonov davrida o'smirlar va yoshlar terma jamoalarimiz besh marotaba jahon chempionatida ishtirok etdi, yurtimiz besh marta Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi va Riodagi Olimpiadada rekord miqdorida medallar qo'lga kiritildi.

Usmonov tufayli sport, xususan futbolga hukumat tomonidan katta mablag' ajratildi va bu sport rivojiga tasir ko'rsatdi. O'nlab stadionlar qurildi va rekonstrukciya qilindi. Usmonovning obro'si O'zbekiston futbol federaciyasini mahalliy rahbarlarning aralashuvidan saqladi. Mirabror Zufarovich davrida bizning sport tashkilotlar misli ko'rilmagan xalqaro obro'ga ega bo'ldi. U xalqaro sport tashkilotlarining boshqaruv organlarida juda ko'p joylarga erishganidan bu o'rinlar uchun mamlakatimizda mutaxassislar etishmay qoldi.

Mirabror Zufarovich sportda rahbarlik plankasini shunchalik yuqori ko'tardiki, uni o'sha balandlikda ushlab qolishning iloji yo'q edi.

2006-2011 yillarda Usmonov qo'l ostida ishlashga muvaffaq bo'lganman, OFKga o'tganimda u bilan turli masalalarda bog'lanib turardim. Mirabror Zufarovich haqiqatdan ham tashkilot ofisida ishlagan federaciyaning birinchi prezidentiga aylandi, u qattiqqo'l bo'lgan, ammo qo'l ostidagilarning haqligini tan olib, kerak bo'lsa qarorini o'zgartira olgan. O'FF prezidentiga aylangan Usmonov ishining ilk 12 oyida hech kimni ishdan bo'shatmagan. U har bir xodim bilan shaxsan tanishishni va ularning sifatlari borasida o'z xulosasini chiqarishni istagan, - deydi Nikimbaev. 


Quyida Mibaror Usmonovning O'FFdagi faoliyatiga bag'ishlangan "Birinchilik davri" nomli hujjatli filmni tomosha qiling. 



Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика