Kunde "Oltin to'p" haqida: "Unga Yamal ham, Dembele ham loyiq. Men ovoz bermayman – kuchlisi g'alaba qozonsin"
03 sen 15:39
Yangiliklar
Kunde "Oltin to'p" haqida: "Unga Yamal ham, Dembele ham loyiq. Men ovoz bermayman – kuchlisi g'alaba qozonsin"
Jyul Kunde Usmon Dembele va Lamin Yamalni "Oltin to'p"ga munosib deb hisoblaydi.
"Men buni avval ham aytganman va yana takrorlayman. Ikkalasi ham "Oltin to'p"ga loyiq. Ular ajoyib mavsum o'tkazishdi, sovrinlar yutishdi. Ikkalasining jamoadoshi bo'lgan xolda tanlash oson emas.
Men ovoz beruvchilardan emasman, ikkisining foydasiga ishlovchi dalillar bor. Lamin bilan o'ynaganimdan xursandman, uning bizga qanday yordam berayotganini ko'ryapman. Usmon faoliyatining cho'qqisiga chiqdi va statistikaga ko'ra, o'zining eng yaxshi futbolini ko'rsatmoqda. Kuchlisi g'alaba qozonsin", – dedi "Barselona" va Franciya terma jamoasi himoyachisi.
"Oltin to'p" taqdirlash marosimi 22 sentyabrda Parijda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar