So’nggi yangiliklar

01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  0 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  2 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  0 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  0 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  0 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  7 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  1 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  7 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  17 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  63 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  10

Mirabror Usmonov: "Agar olimpiya terma jamoamiz oldidagi vazifa bajarilmasa, Markazdagi hamma ishdan ketadi" Yangiliklar

Mirabror Usmonov: "Agar olimpiya terma jamoamiz oldidagi vazifa bajarilmasa, Markazdagi hamma ishdan ketadi"

Bugun O'FF anjumanlar zalida 2014 yil yakunlariga bag'ishlangan tadbir hamda o'tgan mavsumning eng yaxshilarini aniqlash marosimi o'tkazildi.
Taqdirlash marosimidan oldin O'FF prezidenti Mirabror Usmonov savollar bo'lsa, marhamat, deya OAV vakillariga yuzlandi. SHunda mening savolim quyidagicha bo'ldi:

"Malumki, olimpiya terma jamoamiz oldiga 2016 yil Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlariga borish vazifasi qo'yilgan. Biz futbol bo'yicha hali Olimpiada o'yinlarida ishtirok etmaganmiz, shu bois xalqimiz ushbu vazifa bajarilishini intizorlik bilan kutmoqda. Ammo olimpiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan Baxtiyor Ashurmatov bir paytning o'zida "Navbahor"ni ham boshqaryapti. Siz bu masalaga qanday qaraysiz? Ikkita jamoani boshqarish murabbiyga og'irlik qilmaydimi? Balki Ashurmatovni to'liq olimpiyachilarga javobgar qilib qo'ygan maquldir?"

Bu savolga Mirabror Zufarovich quyidagicha javob qaytardi:

"Yaqinda barcha terma jamoalarga javobgar murabbiylar shtabini tashkil qildik. Bundan tashqari, bizda Terma jamoalar markazi ham faoliyat yuritib kelmoqda. Markaz yaxshi ishlab, terma jamoalarimiz turli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun har yili 10 milliard so'mdan ko'proq mablag'ni berib kelyapmiz".

"Mana endi ulardan ham natija so'raydigan payt keldi. Agar olimpiya terma jamoamiz 2016 yil bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlariga bora olmasa, nafaqat Ashurmatov, balki Terma jamoalar markazidagi hamma ishdan ketadi. Bu gap ayniqsa professor Rustam Akramov, markaz rahbari Asqar Tolibjonov, shuningdek murabbiylar shtabida ishlayotgan boshqalarga ham taalluqli".

"Ammo ikkinchi tomondan "Navbahor"ni ham o'z holiga tashlab qo'yishga ko'zim qiymayapti. Ashurmatov o'tgan bir yil ichida u erda yaxshi jamoani shakllantirdi. Va nasib qilsa, ikki yildan keyin "Navbahor" oliy ligada 4-5 o'rinlar uchun kurashadigan jamoaga aylanadi. SHu bois Baxtiyor Ashurmatovning hozircha ham klubda, ham terma jamoada ishlashini maqul ko'rdik. Lekin vazifa uddalanmasa, aniq ishdan ketadi".

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика