So’nggi yangiliklar

11:05Бугун Қатарга қарши ўйнаймиз  1 10:21Расман. "Локомотив" ва "Сўғдиёна" каби жамоаларни бошқарган мураббий Пролига клуби бош мураббийига айланди  1 09:52Фарғона вилояти кубоги-2025. Финал учрашуви бўлиб ўтди  1 09:23"Реал" энг ёмонлар орасида иккинчи бўлди  1 08:54"Олимпик" собиқ бош мураббийи "Бухоро"да иш бошлайди  1 08:25Хуршид Ғиёсов: “Кучлик амбицияга эга клуб сафида тўп суриш мен учун шараф”  5 07:55Пролига дебютанти бир қатор тажрибали футболчилар билан шартнома имзолади  7 07:35Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  26 02:49А Серия. "Рома" ғалабага эришди ва тўртинчи ўринга кўтарилди  0 01:36Аморим Бруну ҳақида: "У даволанаётганда ҳам машғулотларга келади. Менинг ишимни олмоқчими ёки йўқми билмайман, лекин бу йигит – етакчи"  0 01:01Қайта ташкил этилган "Ғазалкент" ўзининг илк назорат учрашувини ўтказди  2 00:51"Манчестер Сити" кейинги 48 соат ичида трансфер борасида эълон қилиши мумкин  0 00:28Фабио Каннаваро Акмал Мозговой ва Отабек Шукуров ўйинини стадиондан томоша қилди  6 23:53Роналдо машғулотлар ҳақида: "Мени 15 километрлаб югуришга мажбур қилишарди, аммо бу менга керак эмас эди"  3 23:28Араухо "Барселона" машғулотларига қайтди. Ҳимоячи психологик муаммолар сабаб танаффус олганди  0

Miodrag Radulovich: “O'ylaymanki, bugun O'zbekiston to'g'ridan-to'g'ri Jahon chempionati yo'llanmasini hal qiladi” Yangiliklar

Miodrag Radulovich: “O'ylaymanki, bugun O'zbekiston to'g'ridan-to'g'ri Jahon chempionati yo'llanmasini hal qiladi”

O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun JCH-2026 saralash bosqichida hal qiluvchi o'yinda BAA bilan to'qnash keladi.

Mazkur uchrashuv oldidan chernogoriyalik mutaxassis Miodrag Radulovich fikrlarini bildirdi. 

"Menimcha, O'zbekiston bugungi o'yinda o'z ishini oxirigacha etikazadi va to'g'ridan-to'g'ri Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Saralash bosqichida ular yaxshi ishtirok etishdi. Shaxsan mening fikrimcha, O'zbekiston BAAdan yaxshiroq jamoa va ular g'alaba qozonishga qodir deb umid qilaman.

BAA terma jamoasi yaqinda bosh murabbiyini almashtirdi — bu esa jamoaga malum darajada yangi ruh va energiya olib kiradi. Yangi murabbiy — rumin mutaxassisi, u BAAda ancha vaqtdan beri faoliyat yuritadi, mahalliy ligani va futbolchilarni yaxshi biladi. Lekin barcha omillarni inobatga olgan holda ayta olamanki, hozirgi vaqtda O'zbekiston kuchliroq jamoa va menimcha, bugun g'alabani aynan ular nishonlaydi.

Ishonamanki, qolgan ikki uchrashuvda ham O'zbekiston yaxshi o'yin namoyish etadi, kerakli natijani qo'lga kiritadi va futbolni sevuvchi, uni yaxshi tushunadigan sadoqatli muxlislari bilan birgalikda jahon chempionatiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani munosib nishonlaydi. Men buni ularga butun qalbimdan tilayman

O'zbekistondagi do'stlarim va barcha futbol ishqibozlariga katta salom yo'llayman. Qolgan ikki uchrashuvda ulkan omad tilayman — to'g'ridan-to'g'ri jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiriting va futboldan zavq oling. O'zbek futbolining bunga to'liq haqqi bor", - deydi Miodrag Radulovich.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика