So’nggi yangiliklar

01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 01:01АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 0:0 (матнли трансляция)  3 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  19 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:56"Реал" — "Эльче". Таркиблар маълум  2 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  0 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  2 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2 21:58"ФарДУ" назорат ўйинида жавобсиз еттита тўп киритди  1 21:32Бундеслига. "Бавария" тўққиз киши бўлиб "Байер" билан дуранг ўйнади, "Боруссия Дортмунд" эса ишончли ғалабага эришди  14 20:40Райан Шерки: "Дунёнинг энг яхши футболчиси бўлишни истайман. Агар "Олтин тўп"ни қўлга киритсам..."  2 20:05Ислом Исмоилов: "Финалда тактикадан кўра футболчиларнинг характери юқори планга чиқади" (тўлиқ матбуот анжумани)  21

Minbarda "Nasaf" PFK matbuot kotibi: Aziz Nuriy Yangiliklar

Minbarda "Nasaf" PFK matbuot kotibi: Aziz Nuriy

Saytimizda klub matbuot xizmati vakillari bilan suhbat uyushtiramiz va ularning ish faoliyatlari bilan tanishamiz.

Azizjon Nurov, “Nasaf” PFK matbuot xizmati rahbari:


1. Bu klubga kelishingiz qanday yuz bergan va qachondan beri ishlayapsiz?

- Qashqadaryoning bosh futbol jamoasi “Nasaf” da 2008 yilgi mavsum yakunlanganda o'sha paytdagi jamoa bosh menejeri Bahrom Davlatov taklifi bilan kelganman. Mana 7 mavsumdan beri jamoa matbuot xizmatida ishlab kelayapman.


2. Matbuot xizmati bo'limida necha kishi faoliyat yuritadi?

- Matbuot xizmatida kamina bilan birga fotograf Sardor Nurov va sayt mamuri faoliyat yuritib kelmoqda. Saytning rus tilidagi xabarlarga marketing bo'limi xodimasi Nodira Bobojonova javob beradi.


3. Klub tomonidan qancha maosh to'lanadi? Yaratilgan sharoit sizni qoniqtiradimi?

- Yaratilgan sharoitlardan nolisak adolatdan bo'lmaydi. Stadionda matbuot bo'limi uchun alohida xona ajratilgan bo'lib, ish jarayoni uchun lozim bo'lgan barcha sharoitlar (wi-fi internet, kseroks, printer, kompyuter, noutbuk) muhayyo etilgan. SHaroitlarni yanada yaxshilash maqsadida rahbariyatga takliflar kiritganmiz. Nasib etsa, matbuot xizmati uchun yangi fotoapparat sotib olish rejada bor. Agar bu reja amalga oshsa, rasmiy saytimizda sifatli suratlar hajmi yanada oshishiga shubha yo'q.


4. Klub faoliyati ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Instagram, Twitter) qay darajada yoritib boriladi?

- Eng avvalo klubga oid barcha xabarlar klub rasmiy veb sayti – www.fcnasaf.uz dan joy oladi. SHuningdek, Tvitter, Feysbuk va Instagram singari eng ommabop ijtimoiy tarmoqlarda klubning rasmiy akauntlari mavjud. Sayt bilan parallel ravishda barcha yangiliklar ijtimoiy tarmoqlarda ham berib boriladi.


5. Safar o'yinlariga borish siz uchun muammo tug'dirmaydimi?

- Yo'q. Bu borada bizda hech qachon muammo bo'lmagan. Klub matbuot xizmati vakili jamoaning har bir o'yinida jamoa bilan birga bo'ladi va voqea joyidan barcha malumotlar asosan Tvitter orqali muxlislarga etkaziladi.


6. Klub ekipirovkasini olasizmi?

- Ha. Matbuot kotib har yili klub tomonidan epikirovka bilan taminlanadi.


7. Mukofot puli olasizmi?

- Yo'q.


8. Jamoa bilan horij yig'inida ishtirok etasizmi?

- Imkoniyatga qarab. Masalan 2015 yilgi mavsum oldidan jamoaning Turkiyada o'tkazilgan o'quv-yig'in mashg'ulotlarining dastlabki besh kunida ishtirok etib qaytdim. 2013, 2014 yillarda esa xorij yig'inlarida matbuot xizmatidan vakil bo'lmagan. SHunga qaramay yig'in haqida rasmiy saytda malumotlar, raqiblar va o'tkazilgan nazorat uchrashuvlari haqida malumotlar berib kelingan.


9. Jamoa avtobusida massajchi, mamur va klub shifokorlari kabi o'z o'rningiz bormi yoki qaysi o'rindiq bo'sh bo'lsa o'sha erga o'tirasizmi?

- Aniq bitta o'rin yo'q. Aslida bunga ehtiyoj ham yo'q. Jamoa safarda o'ynaganida klub rasmiylari bilan jamoadan ilgariroq stadionga borishga harakat qilaman.


10.  Stadionda OAV vakillari uchun yaxshi servis yo'lga qo'yilganmi? Simsiz internet, yani wi-fi, media-tribuna va boshqa sharoitlar?

- Ha. Bu borada stadionimizda kerakli shart sharoitlar yaratilgan. O'yin vaqtida OAV vakillari media tribunadan turib simsiz internetdan foydalanishlari mumkin. Media tribunaning o'zidan matbuot anjumanlari zali ham o'rin olgan. Xizmat safari bilan oliy liga jamoalari to'p tepadigan yurtimizdagi barcha stadionlarda bo'lganman. Har safar u erdagi sharoitlar bilan o'zimiznikini taqqoslashga, ijobiy yangiliklarni o'zimizda joriy etishga harakat qilaman. Kelgusida “Markaziy” stadion media-tribunasida ham sharoitlarni yanada yaxshilash rejada bor.


11. Qaysi klub matbuot xizmatiga havas bilan qaraysiz va nega?

- SHubhasiz, “Bunyodkor” matbuot xizmati jamoa oliy ligada faoliyat yuritayotganidan buyon bir maromda, yuksak saviyada ishlab kelmoqda. Bahodir Mirzo, Mirzahakim To'xtamirzaev singari o'z ishining ustalari faoliyat yuritayotgan klub matbuot xizmati ishi tahsinga loyiq. Ulardan ko'p narsani o'rganishga, amalga oshirishga intilaman.


P.S.

Ushbu loyiha matbuot kotiblarini klub rahbariyati oldidagi mavqeini oshirish maqsadida qilindi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика