Milner "Brayton"ga o'tishi mumkin, Klopp esa futbolchini klubda qoldirmoqchi
29 apr 2023 12:59
Yangiliklar
Milner "Brayton"ga o'tishi mumkin, Klopp esa futbolchini klubda qoldirmoqchi
Yarim himoyachi Jeyms Milner yozda "Liverpul"ni tark etish ehtimoli bor.
Manbaga ko'ra, "Brayton" "Liverpul" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadigan 37 yoshli futbolchini tekinga qo'lga kiritmoqchi. "Qizillar" bosh murabbiyi Yurgen Klopp futbolchini o'zida saqlab qolmoqchi, ammo "Liverpul" hali Jeymsga yangi bitim taklif qilganicha yo'q.
Milnerni sotib olish uchun yana bir davogar "Byornli" bo'lib, u kelasi mavsum APLda o'ynaydi. "Byornli" bosh murabbiyi Vensan Kompani "Manchester Siti"da Jeyms bilan birga harakat qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar