"Milan" Bennaser bilan shartnomani uzaytirmoqchi
30 noy 2022 15:05
Yangiliklar
"Milan" Bennaser bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Milan" va Jazoir terma jamoasining 24 yoshli yarim himoyachisi Ismael Bennaser klubini almashtirmaydi.
Italiyalik insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, "Milan" futbolchini APLga qo'yib yuborishni istamayapti va u bilan mehnat shartnomasini uzaytirmoqchi. Futbolchining "rossoneri" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan.
"Milan" shartnomani 2027 yilgacha uzaytirmoqchi. Qayd etilishicha, yarim himoyachiga APL klublari faol qiziqish bildirmoqda, biroq Italiyaning amaldagi chempioni uni sotish niyatida emas. "Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli Bennaserni jamoaning asosiy futbolchisi deb hisoblaydi.
Transfermarkt Ismaelni 40 million evroga baholagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar