So’nggi yangiliklar

19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  5 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  2 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  4 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  3 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  19 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  2 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  5 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  8 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  15 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  5 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0 14:42Клюйверт Гиннес рекордлар китобига кирди  5 14:16"Арқадағ" вакиллари давлат мукофотига эга бўлди  18 13:49"Андижон" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолган "Сўғдиёна" билан баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0

“Metallurg” Toshkentda yig'ildi: Abbos Otaxonov, Murod Bobojonov kabi o'yinchilar jamoani tark etgan Yangiliklar

“Metallurg” Toshkentda yig'ildi: Abbos Otaxonov, Murod Bobojonov kabi o'yinchilar jamoani tark etgan

Teglar :  "Metallurg"
Bu haqda bekobodliklar matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Bekobodning “Metallurg” jamoasi yangi mavsum tadorigini yanvar oyining ikkinchi haftasidan boshlashni rejalashtirgandi. Jamoa azolari kecha poytaxtimizdagi “O'zbekiston” mehmonxonasida jamlanishdi. Bugundan esa mashg'ulotlar “Do'stlik” stadionida boshlandi. Avvaliga futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini tiklash mashqlariga etibor qaratildi. Mashg'ulot so'ngida esa futbolchilar to'p bilan ishlashga o'tishdi. 

O'tgan mavsum bilan solishtirganda, “Metallurg” tarkibida bir qator o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda. Xususan yarim himoyachi Abdurahmon Abdulhaqov yangi mavsumni ijara asosida Superliganing yangi vakili – “Turon” jamoasida o'tkazish uchun Yaypan klubi safiga borib qo'shildi. 

Himoyachilar – Abbos Otaxonov, Jasur O'rinov, yarim himoyachilar Muhammad Isaev, Xudoyshukur Sattorov, hujumchi Murodbek Bobojonov ham keyingi faoliyatini boshqa klublarda davom ettirishadi. Mazkur o'yinchilar bilan shartnoma muddati uzaytirilmadi va ular erkin agent sifatida “Metallurg”ni tark etishdi.

“Metallurg” PFK jamoasi klubni tark etgan barcha futbolchilarga samarali hamkorlik uchun minnatdorlik bildiradi va ularning keyingi faoliyatiga omad yor bo'lishini tilaydi.

Bekobodliklarning mavsum oldi yig'inida jamoa o'zagi saqlab qolingan holda o'tgan yili mavsum kashfiyoti bo'lgan U 21 jamoamizdan qator o'yinchilar jalb etilgan. Bundan tashqari bir qator yangi futbolchilar ham ko'rikdan o'tishyapti. Ulardan kimlar bilan shartnoma imzolanishini vaqt ko'rsatadi. SHundan keyingina klubga qabul qilingan yangi o'yinchilar haqida batafsil malumot beramiz.

“Metallurg” U 21 jamoasi yig'ini 21 yanvar sanasidan Bekobod shahrida boshlanadi", deyiladi xabarda.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика