So’nggi yangiliklar

13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  1 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  1 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  14 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  9 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2

"Metallurg" “Qizilqum” bilan bitimga imzo chekdi Yangiliklar

"Metallurg" “Qizilqum” bilan bitimga imzo chekdi

Teglar :  MetallurgQizilqum
Toshkent viloyatining O'rta CHirchiq tumanidagi “Do'stlik” jamoa xo'jaligi “Do'stlik” stadionida yangi mavsum hozirligini ko'rayotgan Bekobodning “Metallurg” hamda Navoiyning “Qizilqum” jamoalari o'rtasida nazorat uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Qiziqarli va teng kurashlar ostida o'tgan o'yinda tomonlar murosa ko'chasini tanlashdi – 2:2.
Uchrashuvda hisobni navoiylik futbolchilar ochishdi. Jarima maydoni yonida bekobodliklar o'yin qoidasini buzishgandi. Jarima to'pini Erkin Boydullaev qoyilmaqom ijro etdi – 1:0. Vohaliklarning xursandchiligi uch daqiqaga cho'zildi xolos. Poytaxt viloyati vakillarining chap qanotdan uyushtirgan hujumini “Qizilqum” himoyachilari o'z jarima maydonlari ichida o'yin qoidasiga xilof ravishda to'xtatishdi. Pavel Purishkinga nisbatan ishlatilgan qo'pollikni Islom Isoqjonov 11 metrlik nuqtadan jazolab, hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi taymda bekobodliklar ustozi jamoa tarkibini deyarli to'liq o'zgartirdi. Bu bo'limda birinchi bo'lib bekobodliklar gol kiritishdi. 54-daqiqada Sohibjamol Davlatjonov chap qanotdan taqibchisidan qochib ketdi. O'zi ham zarba berishi mumkin bo'lgan joyda Davlatjonov to'pni qizg'onmadi va o'ng qanotdan ochilib kelayotgan jamoadoshiga uzatdi. Jasur Hasanovning zarbasini Evgeniy CHeremisin to'sa olmadi – 2:1.

O'yinni bekobodliklar o'z foydalariga hal etishlari mumkin edi. Ushbu goldan keyin ham “Metallurg” futbolchilari uch bora qulay vaziyatdan foydalana olishmadi. Futbolning “sen gol urmasang, senga urishadi” degan aqidasi bu o'yinda ham o'z isbotini topdi. So'nggi yigirma daqiqani katta bosim ostida o'tkazgan navoiyliklar 76-daqiqada hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lishdi. Javob golini Guja Grigolashvili kiritdi.


"Qizilqum" – "Metallurg" – 2:2 (1:1).

“Do'stlik” j/x stadioni. 10.02.2018 yil.

Hakam: Elyor Tursunov.

Gollar: Erkin Boydullaev (10), Guja Grigolashvili (76) – Islom Isoqjonov (13-penaltidan), Jasur Hasanov (54).

"Qizilqum": Evgeniy CHeremisin, Guja Grigolashvili, Erkin Boydullaev, Nodirxon Kamolov, Fayzulla Qambarov, SHerali Jo'raev, Doniyor Usmonov, Giorgi Kvesieshvili, Nemanya Yovanovich, Xushnid Avilov, Alisher Yusupov.

Zahiradan tushganlar: Erkin Jabborov, Rustam Azamov, Sergey Proxorov, Mirjalol Qosimov, Akmal Rustamov, Feruz Boboqulov, Xumoyun Abdualimov.

"Metallurg": Nikita Ribkin, Abror Husinov, Abbos Otaxonov, SHerzod Fayziev, Dilyorbek Irmatov, Pavel Smolyachenko, Ixtiyor Toshpo'latov, Muhammad Isaev, Islom Isoqjonov, Jasur Hasanov, Pavel Purishkin.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Zafar Safaev, Abror Toshqo'ziev, Alisher Ziyovuddinov, Nodir Mavlonov, Zohid Abdullaev, Akbar Ismatullaev, Sohibjamol Davlatjonov, SHahzod SHaymanov, Suhrob Nurullaev, Xudoyshukur Sattorov, Andrey SHipilov-junior, Doniyor Hoshimov.

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика