So’nggi yangiliklar

20:28Суперлига. "Насаф" - "Бухоро" 5:0 (матнли трансляция)  35 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  3 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  3 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  17 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  11 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  6 15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  18 14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  2 14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  2 13:42Суперлиганинг 21-турини ўтказиб юборадиган футболчилар рўйхати  4 13:19Роналду 30га кирганидан сўнг Португалия сафида 89 та гол урди  18 12:37Ибраима Конате "Ливерпуль"га уч марта "йўқ" деди. Клуб унинг "Реал"га ўтишига кўниб бўлди  11 12:15Бразилия ЖЧ саралашида 5-ўринни эгаллади – бу тарихидаги энг ёмон натижа  4

“Metallurg” nazorat uchrashuvida “Bunyodkor”ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

“Metallurg” nazorat uchrashuvida “Bunyodkor”ni mag'lubiyatga uchratdi

Teglar :  MetallurgBunyodkor
Bekobodning “Metallurg” jamoasi kecha davralar oralig'idagi ilk nazorat uchrashuvini poytaxtda, “Bunyodkor” jamoasiga qarshi o'tkazdi.

“Bunyodkor” akademiyasi maydonida kechgan uchrashuv taqdirini Murodjon Toshmatov tomonidan kiritilgan yagona gol hal etdi.

Uchrashuv jamoalarning qarama qarshi hujumlari ostida o'tdi. Hududiy ustunlik mezbonlar tomonida bo'ldi. Bekobodliklar esa himoyani mustahkam tashkil etgan holda o'yin suratini o'zgartirish, to'pni nazoratga olish payida bo'lishdi. Bu esa o'z samarasini bermasdan qolmadi. 34-daqiqada “qaldirg'ochlar” jarima maydonlariga yaqin joyda SHahzodbek Nurmatovga nisbatan o'yin qoidasini buzishdi.

Jarima zarbasini Murodjon Toshmatov muvaffaqiyatli ijro etdi va hisobni ochdi. Birinchi taymning qolgan daqiqalarida hamda ikkinchi taymda ham bir qator imkoniyatlar bo'lgan ersa-da, hisob boshqa o'zgarmadi va “Metallurg” 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Bekobodliklar navbatdagi ko'rik uchrashuvini ham bunyodkorchilar maydonida, 28 iyul kuni yoshlar tarkibiga qarshi o'tkazadi. Dastlabki uchrashuvda O'zbekiston terma jamoalari yig'inida bo'lgan Javlon Mirabdullaev, shuningdek, kichik jarohati bor Alisher Ziyovuddinov, Davron Karimqulov hamda Jasur Ahmedovlar maydonga tushishmadi.

“Bunyodkor”(Toshkent) – “Metallurg” (Bekobod) – 0:1 (0:1). 25.07.2015. Nazorat uchrashuvi. “Bunyodkor” akademiyasi maydoni.
Hakamlar:Jasur Muxtorov, Ziyovuddin Erkinov, Sultonmurod Ulfatov.
Nazoratchi hakam:Marat Ismoilov.
Gol:Murod Toshmatov (34)
Ogohlantirishlar:Sato Minori (27), J.Qahramonov (33), D.Odilov (40).
“Bunyodkor”:M.Zuhurov, H.Karimov, A.SHorahmedov, A.G'afurov, V.Karpenko, S.Minori, J.Ibrohimov, I.Miloshevich, S.Azimov, J.Qahramonov, V.SHodiev.
Zahiradan tushganlar:D.Jo'raev, A.Alimpievich, N.Hasanov, N.Mavlonov, B.Rahimov, V.Nuriev.
“Metallurg”:Z.Safoev, H.Hoshimov, A.Kovalev, M.Toshmatov, M.Sulaymonov, R.Vagapov, D.Odilov, D.Karimov, S.Rasulov, A.No'monov, SH.Nurmatov.
Zahiradan tushganlar:S.Sultonov, S.Abdujabborov, SH.Norbekov, M.Akbarov, Z.Abdullaev, M.Esonov, F.Nurliboev, S.Ermatov, A.Rashidxonov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика