So’nggi yangiliklar

10:53Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин  1 10:24Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа  1 09:55Превью. Бугун "Сўғдиёна" Тошкентда "шерлар" меҳмони бўлади  2 09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  4 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  2 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  8 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  11 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  3 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  1 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  6 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  20 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  3 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   3 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1

“Metallurg”: “Mashal”ga qarshi tayyorgarlik davom etayapti Yangiliklar

“Metallurg”: “Mashal”ga qarshi tayyorgarlik davom etayapti

Teglar :  MetallurgMashal
Oliy liganing 17-turida "Metallurg" klubi o'z uyida "Mashal"ni qabul qiladi.

Barcha uchrashuvlarda ustunlik “Mashal” tomonida

“Metallurg” va “Mashal” jamoalari oliy liga bahslarida o'zaro jami 29 ta uchrashuv o'tkazishgan. Umumiy natijalarda kichik ustunlik “Mashal” jamoasida ekanligini ko'ramiz. Muborakliklar 13 ta o'yinda, bekobodliklar esa 9 ta uchrashuvda g'olib bo'lishgan. 7 ta o'yin durang natija bilan tugagan. To'plar nisbatidagi farq – 48:43, “Mashal” foydasiga. O'zaro o'yinlarda “Mashal” 46 ochkoni, “Metallurg” esa 34 ochkoni  qo'lga kiritgan.
“Metallurg”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 6:0 ga teng. “Mashal”da bu ko'rsatkich 5:1 bo'lib turibdi.
SHu yilning birinchi davrasida – Muborakda o'tkazilgan uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g'alaba qozonishgandi. O'yin taqdirini hal etgan golni Zohir Qo'ziboev 51-daqiqada kiritgan edi. “Metallurg” so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutilib qolishi ham mumkin edi. Biroq 85-daqiqada Dilmurod Karimov penaltini aniq amalga oshira olmagandi. Javohir Ilyosov ajoyib seyvi bilan jamoasining yutug'ini saqlab qolgandi.

“Metallurg” o'z maydonida jiddiy raqib

Mazkur jamoalarning Bekobodda o'tkazilgan dastlabki yillardagi o'yinlarida ham ustunlik “Mashal” jamoasi tomonida bo'lgan. Dastlabki 8 mavsumda “Metallurg” raqibini bir marta taslim etib, 4 ta o'yinni boy bergan, 3 ta uchrashuvda esa durang natijaga erishgan. 2010 yildan etiboran esa “Metallurg” o'z maydonida “Mashal”ga imkoniyat bermay kelayapti. Qatorasiga 6 mavsumdan buyon bekobodliklar g'alaba nashidasini surishmoqda. O'tgan mavsumda esa mazkur klublarning o'zaro to'qnashuvidagi eng yirik hisob qayd etildi. “Metallurg” raqiblari darvozasiga javobsiz 6 ta to'p yo'lladi. Uchrashuvda Murodjon Toshmatov hamda Zohid Abdullaevlar dublga erishishgan bo'lishsa, Dilmurod Karimov hamda Doniyor Odilovlar o'z hisoblariga bittadan gol yozdirib qo'yishgandi.

Jahongir maydonga tusha olmaydi

Futbolchilik faoliyatining dastlabki yillarini vohada o'tkazib, keyinchalik poytaxt viloyati jamoalari qo'nim topgan Jahongir Abdumo'minov sobiq jamoadoshlariga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Uning “Dinamo”ga qarshi kechgan uchrashuvda olgan sariq kartochkasi mavsum boshidan buyongi to'rtinchisi edi. SHu bois u gazchilarga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. SHuningdek, “Dinamo” posboni bilan to'qnashuvdan keyin jarohat olgan Javohir Esonqulovning ham xizmatlariga tayana olmaymiz. Javohirning muxlislari uchun malumot, uning chap oyog'i suyagi singan. Davolanishi uchun kamida ikki oy vaqt ketishi mumkin. Futbolchining kayfiyati, ruhiyati yomon emas. Jamoadoshlari yolg'izlatib qo'yishmayapti. U bazada, yigitlar qurshovida, shifokor nazoratida istiqomat qilyapti. Jamoadoshlarning qo'llab quvvatlashlari Javohirning yanada tezroq safga qaytishiga yordam beradi deb umid qilib qolamiz.



Uchrashuvni mamlakatimizning eng kuchli hakami boshqarib boradi

O'zbekiston futbol federaciyasi Professional futbol ligasi 17-tur uchrashuvlarini boshqarib boradigan hakamlar ro'yatini elon qildi. Unga ko'ra Bekobodda “Metallurg” – “Mashal” o'rtasida kechadigan uchrashuvda O'zbekistonning bugungi kundagi eng yaxshi hakami, jahon chempionati o'yinlarini boshqarish bo'yicha mutloq rekordchi, FIFA referisi Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar ishlayodigan bo'ldi. Ravshanga qanotlarda doimiy sheriklari Abduhamidillu Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi. Zahira hakami Anatoliy Rubakov.

12 avgust (shanba)
Metallurg (Bekobod) – Mashal (Muborak)
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: I. SHaripov (Buxoro).
O'zPFL vakili: G. Rtveladze.

Bekobodda bo'lib o'tgan so'nggi olti uchrashuv:

08.08.2016  “Metallurg” – “Mashal” – 6:0
04.04.2015  “Metallurg” – “Mashal” – 1:0
07.11.2014  “Metallurg” – “Mashal” – 4:2
17.11.2012  “Metallurg” – “Mashal” – 2:1
20.06.2011  “Metallurg” – “Mashal” – 3:1
18.09.2010  “Metallurg” – “Mashal” – 1:0

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика