So’nggi yangiliklar

13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  2 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  6 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  14 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  9 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2

“Metallurg” ertaga “Qizilqum” bilan nazorat uchrashuvini o'tkazadi Yangiliklar

“Metallurg” ertaga “Qizilqum” bilan nazorat uchrashuvini o'tkazadi

Teglar :  MetallurgQizilqum
Yangi mavsum boshlanishiga sanoqli kunlar qolmoqda. Superliga klublari ayni kunlarda o'yin amaliyotini shakllantirish uchun ko'rik-nazorat uchrashuvlariga zo'r berishmoqda.

Bekobodning “Metallurg” jamoasi tayyorgarlikning so'nggi bosqichini Qibray o'quv-mashg'ulot maskanida olib bormoqda.

Andrey SHipilov etakchiligidagi futbolchilar har kuni ikki mahaldan mashg'ulotlar o'tkazishyapti. O'z navbatida nazorat uchrashuvlariga ham katta etibor qaratishyapti. Muqaddam bir haftalik ish yakunlari shunday o'yinlar bilan xulosalanilgan bo'lsa, mavsum yaqinlashgan sayin nazorat uchrashuvlari soni ham ortib bormoqda. Jumladan, ertaga Toshkent viloyati “Do'stlik” jamoa xo'jaligi stadionida bekobodliklar Navoiyning “Qizilqum” jamoasiga qarshi maydonga chiqishadi. 14 fevral sanasiga “Neftchi” bilan, 17 fevral kuniga esa “So'g'diyona” bilan nazorat uchrashuvlari rejalashtirilgan. Mazkur o'yinlar yangi mavsum oldidan murabbiylar shtabi uchun asosiy tarkibni shakllantirishda so'nggi ko'rik vazifasini o'tab beradi.

SHu o'rinda bugun “Metallurg” futbol klubi O'zbekiston futbol associaciyasining dastlabki “buyurtmasi”dan o'tganligini aytib o'tish lozim. Jamoa bilan shartnoma imzolagan hamda tibbiy ko'rikdan o'tgan futbolchilarning birinchi guruhi O'FAda “zayavka” qilindi. Qolgan futbolchilar va klub rahbariyati vakillari 19 fevral kuni buyurtmadan o'tadi.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика