So’nggi yangiliklar

09:27Sofascore. Ҳамробеков жамоадошлари орасида энг яхши баҳолардан бирига лойиқ кўрилди  1 09:01Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 08:33"Пахтакор" "Сурхон"ни қийинчилик билан мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:07Суперлига. Бугун 23-тур якунланади  7 07:30Суперлига. "Пахтакор" – "Сурхон" 1:0   0 01:06Умар Эшмуродов: "Футболимизнинг камчиликлари билиниб қолди"  12 00:27Жавоҳир Сидиқов: "Ютса жамоа ютади, ютқазса ҳам жамоа ютқазади"  7 00:18Элит ОЧЛ. "Насаф" - "Ал Ҳилол" 2:3  5 00:00ОФК ЭЧЛ. Ҳамробеков жамоаси дуранг ўйнади  0 23:24Камолиддин Тожиев : "Охиригача курашиб, муҳим уч очкони қўлга киритдик"  0 23:08Февзи Давлетов: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак, биз эса уч ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз"  2 23:00"Насаф" бош мураббийи Рўзиқул Бердиев: "Бугун савия ва даража ўз сўзини айтди"  37 22:47"Ал Ҳилол" бош мураббийи Симоне Инзаги: "Икки бор тўп ўтказиб юборган бўлсак-да, якунда ғалабага эришдик"  22 22:27Ҳакамлар маркази "Пахтакор" - "Сурхон" ўйинидаги баҳсли вазият бўйча изоҳ берди  5 22:01УЕФА Исроилни четлатишга тайёр, аммо...  15

“Metallurg”: Birinchi nazorat uchrashuvida “qizillar” yutdi Yangiliklar

“Metallurg”: Birinchi nazorat uchrashuvida “qizillar” yutdi

Teglar :  Metallurg
Yangi mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini o'tayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi azolari bugun Toshkent viloyatining Yangibozor qo'rg'onidagi stadionda ikkiga bo'lingan holda ko'rik o'yinini o'tkazdi.

Aytish mumkinki, bu murabbiylarning jismoniy hamda ruhiy tayyorgarlik bo'yicha olib borayotgan mehnatlarining dastlabki sarhisobi bo'ldi. “Hozircha amalga oshirilgan ishlar haqida gapirishga erta. O'yinchilar endi jismoniy tayyorgarliklarini maromiga etkazishyapti. Tanaffusdan keyin esa tiklanish og'ir kechishini bilasiz. Maydonga, to'pga moslashish, bilim va ko'nikmalarni tiklab olish uchun vaqt kerak. Biroq futbolchilarimizning ayni paytdagi holati vaqt nuqtai nazaridan ko'ngildagidek deyish mumkin. Bugungi o'yin ham shuni ko'rsatib turibdiki, ishlar to'g'ri yo'lga qo'yilgan. Keyingi haftadan oliy liga jamoalariga qarshi o'rtoqlik nazorat uchrashuvlarini boshlaymiz. Nasib bo'lsa mavsum boshlangunicha tarkibni to'liq shakllantirib olamiz. Jamoada yoshlar ko'pchilikni tashkil etali. Ular o'z navbatida tajribali o'yinchilarimiz bilan birgalikda ishlashib, mahoratlarini oshirishmoqda. Asosiy tarkibga loyiq ekanliklarini isbotlashga urinishayapti. Bu tahsinga sazovor”, - deydi jamoa katta murabbiyi Fevzi Davletov.

Ko'rik uchrashuvi anchagina yuqori tempda, qiziqarli kurashlar ostida o'tdi va unda “qizillar” jamoasi 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Alvon ranglilardan Zohid Abdullaev o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'ygan bo'lsa, yana bitta golga Ayubxon No'monov mualliflik qildi. “Sariq”lardan esa javob golini 11 metrlik belgidan Hikmat Hoshimov kiritdi. Quyida tarkiblarga etibor bering.

“Qizillar”: Suhrob Sultonov, Jasur Ahmedov, Zufarjon Akbaraliev, Ulug'bek Xudoyberdiev, Rustam Azamov, Ulug'bek Xudoyorov, Ayubxon No'monov, Sunnatilla Ermatov, Ruslan Vagapov, Murodjon Toshmatov, Zohid Abdullaev.
“Sariqlar”: Zafar Safoev, Davron Karimqulov, Hikmat Hoshimov, Vusal Mageramov, Mirg'iyos Sulaymonov, Ulug'bek Boqiev, Doniyor Odilov, Dilmurod Karimov, Ulug'bek Dadaboev, Said Abdujabborov, Sardor Rasulov.

Tarkiblarga nazar tashlar ekansiz, bir qator yangi nomlarni uchratasiz. Ammo ulardan kimlar asosiy tarkibdan muqum joy egallaydi va kimlar bilan shartnoma imzolanadi, buni vaqt ko'rsatadi. SHuningdek, jismoniy tayyorgarligini maromida ushlab turishni istagan Rustam Azamov ham mazkur uchrashuvda maydonga chiqdi.
Endi bekobodliklar oliy liga vakillari bilan nazorat uchrashuvlarini o'tkazishadi. Jumladan, 14 yanvar kuni “Qo'qon 1912”, 16 yanvarda “Bunyodkor-2”, 19 yanvarda “Mashal” hamda 26 yanvarda “Buxoro” jamoalariga qarshi o'yin o'tkazilishini yana bir marta eslatib o'tamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика