So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  4 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  4 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  15

“Metallurg” 2018 yil uchun “zayavkadan” o'tdi, lekin ro'yxat yo'q Yangiliklar

“Metallurg” 2018 yil uchun “zayavkadan” o'tdi, lekin ro'yxat yo'q

Teglar :  Metallurg
Yangi mavsum – Superliga bahslari boshlanishiga bir haftadan salgina zyoiroq vaqt qolayotganda Bekobodning “Metallurg” jamoasi birinchilardan bo'lib PFL “buyurtma”dan o'tdi.

2018 yilgi mamlakat chempionatida bekobodliklar safini jami 43 nafar futbolchi himoya etishi rasmiylashdi.
Albatta, “zayavka”dan o'tgan futbolchilarning barchasi hali uzil-kesil chempionatda qatnashishga tayyor degani emas. Hujjatlarni rasmiylashtirishda bazi juziy kamchiliklar mavjud. Jumladan, ayrim futbolchilarga sobiq jamoalaridan “otkrepleniya” kerak, yani bu futbolchining “Metallurg”da to'p surishiga qarshiligimiz yo'q degan, qaysidir futbolchining tibbiy ko'riknomasida etishmovchiliklari bor. yana kimlardir o'tgan mavsumdagi jarohati bois yangi mavsumga to'liq tayyor emas. Qolaversa, O'FA test natijalari bo'yicha xulosalarini ham hali taqdim etmadi. SHu manoda mavsumga jamoa yuz foiz tayyor deyish fikridan yiroqmiz.
Biroq, hozirdan shu narsani muxlislarimizga aniq etkazmoqchimizki, jamoa tarkibi sakson-sakson besh foizga yangilandi. Taniqli futbolchilardan Javohir Sohibov, Zabixillo O'rinboev, SHerzod Fayziev, Abbos Otaxonov, Saidjamol Davlatjonov, SHahzod SHaymanov, Pavel Smolyachenko singari o'nlab yangi nomlarni “Metallurg” safida ko'rasiz. Tez orada O'FF texnik boshqarmasi xulosalaridan so'ng biz yakuniy tarkibni etiboringizga havola etamiz.
Mavsum tadorigi esa Qibray o'quv-mashg'ulot maskanida davom etmoqda. Mashg'ulotlar bilan bir qatorda o'rtoqlik o'yinlariga ham katta etibor qaratilyapti. Jamoamiz oxirgi nazorat uchrashuvlarini “Qizilqum” (2:2), “Neftchi” (0:1) va “So'g'diyona” (1:1) klublari bilan o'tkazishdi. Bu haftada esa “Lokomotiv” BFK, “Mashal” jamoalari bilan ko'rik o'yinlari turibdi.
CHempionatni esa “Metallurg” 2 mart sanasida o'z maydonida “Navbahor” jamoasiga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.

"Metallurg" matbuot-xizmati

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика