Mesut O'zil: "Benzema zamonamizning eng yaxshi 9-raqamli futbolchisi"
06 apr 2023 16:28
Yangiliklar
Mesut O'zil: "Benzema zamonamizning eng yaxshi 9-raqamli futbolchisi"
Mesut O'zil sobiq jamoadoshi Karim Benzemaning "El Klasiko"dagi xet-triki haqida fikr bildirdi.
Germaniyalik futbolchi bir paytlar Madrid klubida birga harakatlangan hujumchi Karim Benzemaning Ispaniya Kubogi yarim finali javob o'yinida ko'rsatgan fantastik o'yini, kiritgan uch to'pi haqida gapirdi va franciyalik futbolchiga yo'llangan maqtovlarni boshlab berdi.
"Qirol", – deb yozdi va undan keyin uchta toj emojisini joylashtirdi Mesut O'zil ijtimoiy tarmoqda.
"Mening do'stim Benzi! Bizning avlodimizning eng yaxshi 9-raqamli futbolchisi!".
Benzema 1987 yilda ushbu azaliy to'qnashuvda uchta gol urgan Gari Linekerdan keyin "El Klasiko"da xet-trik qayd etgan birinchi evropalik futbolchiga aylandi.
SHuningdek, franciyalik forvard 1963 yildan buyon "Kamp Nou"da 3 ta gol urgan ilk futbolchi nomini qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar
09:15
Sofascore. O'smirlar terma jamoamizning birinchi tur qahramoni eng past bahoga loyiq ko'rildi 3
04:01
Mo'minxon Baxodirxonov: "Agar Irlandiya o'z kuchi bilan yutgan bo'lsa, hali ular bilan ko'rishamiz" 6
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar