So’nggi yangiliklar

17:15МЮ ёзда "Олд Траффорд"ни "ремонт" қилмоқчи  0 16:35Перес Винисиуснинг "Реал"дан кетишини истамайди. Мадридликлар вингер билан шартномани иложи борича тезроқ узайтирмоқчи  2 16:00ПСЖ Луис Энрике билан уникал шартнома имзоламоқчи. Вазият аслида қандай?  0 15:42Игорь Сергеевнинг кейинги жамоаси номи маълум бўлди  13 15:21"Арсенал", "Ньюкасл", "Челси" ва Дортмунд "Боруссия"си "Марсель"нинг 18 ёшли ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  0 14:44"Фенербахче" президентининг кокаинга топширган тести мусбат чиқди  1 14:20Топ-клубда ўйнамай туриб, АПЛнинг асосий кашфиётларидан бирига айланган футболчи ҳақида  0 13:59Игорь Сергеев "Пахтакор"ни тарк этяпти  18 13:28Баъзида Педри отаси билан бошқа жамоалар футболчилари урган голни нишонлар экан  2 13:09Нурилло Тўхтасинов – "Динамо" футболчиси  6 12:42Криштиану Роналду Қизил денгиз оролларидан 8 млн долларга иккита вилла сотиб олди  13 12:15"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш дербига қадар тикланишига умид қилмоқда  0 11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  10 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  3 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  4

Messining Meksikaga kirishini cheklashmoqchi! Hammasiga JCH-2022dagi video sabab bo'lmoqda Yangiliklar

Messining Meksikaga kirishini cheklashmoqchi! Hammasiga JCH-2022dagi video sabab bo'lmoqda

Terma jamoa libosi haqidagi voqea davom etmoqda.

Bu masala endilikda deputatlar darajasida muhokama qilinmoqda.

Argentina terma jamoasi Niderlaniya bilan JCH chorak final o'yiniga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Uchrashuv 9 dekabr kuni bo'lib o'tadi. SHu vaqtda Lionel Messi ishtirokidagi mojaroli voqea hali ham Meksikada mashhur.

Argentina terma jamoasi 26 noyabr kuni meksikaliklar bilan guruh bosqich 2-turida o'yin o'tkazdi. Bu uchrashuv janubiy amerikaliklar uchun muhim edi, sababi mag'lubiyat bo'lgan taqdirda turnir bilan xayrlashishga to'g'ri kelardi. Messi o'yin qahramoniga aylandi — g'alaba golini urdi va assist ijro etdi. Yakun — Argentinaning 2:0 hisobidagi g'alabasi.



O'yindan so'ng amaldagi Amerika Kubogi g'oliblarining kiyim almashtirish xonasidagi videosi paydo bo'ldi. Unda Messining nishonlash paytida Meksika terma jamoasi libosini tepib yuborganini ko'rish mumkin. Bu harakatdan o'rta vazndagi mutlaq jahon chempion Saul Alvares juda ham g'azablandi. Meksikalik argentinaliklar sardorini raqibga hurmatsizlikda aybladi: "Messining bizning libos va bayroq bilan polni artganini ko'rdingizmi? Men uni topa olmasligim uchun xudoga yolvorsin!".

Sobiq futbolchi va Messining yaqin do'sti Serxio Aguero Leo butsasini echayotganda tasodifan Meksika terma jamoasi libosini tepib yuborganini qayd etgan. Bu internetda qizg'in muhokamalarga sabab bo'ldm — ko'plab taniqli insonlar Alvaresga qarshi chiqishdi. Yakunda meksikalik bokschi uzr so'radi: "So'nggi kunlarda vatanga bo'lgan ishtiyoq va muhabbat tufayli o'zimda bo'lmadim va nomaqbul izohlar qildim, shu sabab Messi va Argentina xalqidan uzr so'rayman. Har kuni yangi nimadir o'rganamiz, bu safar mening navbatim edi".

Messi bunga javoban uzr so'raydigan ish qilmaganini aytdi. Argentinalik bo'lgan vaziyatni tushunmovchilik deb atadi va Meksika yoki terma jamoa libosiga hurmatsizlik qilmaganini qayd etdi. Huddi bu mojaro yakunlangan va bu haqida endi hech kim eslamaydigandek bo'ldi. Ammo, ishga 37 yoshli federal darajadagi meksikalik siyosatchi Marsiya Klemente Garsiya Moreno aralashdi. U Messining hatti-harakatlaridan g'azablandi.



U o'yinchini Meksika hududiga kiritmaslik uchun persona non granta deb elon qilishga chaqirdi. Hujjat matnida shunday deyilgan: "Kongress deputatlar palatasi Meksika tashqi ishlari vazirligini Argentina va Ispaniya fuqarosi Lionel Messini persona non grata deb tan olgan tegishli deklaraciya tayyorlashga chaqirdi. U JCHdagi o'yindan so'ng mamlakatimizga nisbatan ochiqchasiga nafrat va hurmatsizlik ko'rsatdi".

Moreno 2021 yilning 1 sentyabridan beri Ittifoq Kongressi azosi. U muntazam ravishda kamsitishning har qanday shaklini qoralaydi, bu esa uni vaqti-vaqti bilan jamiyatda mashhurligini keltirib chiqaradi. Messining Meksika hududiga kirishini taqiqlash tartib-qoidasining amalga oshirilishida kiyim almashtirish xonasidan olingan libos bilan videoga asoslanib tayyorlash qanchalik haqiqatga yaqin ekanligini aytish qiyin.


Messi ilk bor Meksika terma jamoasi libosi polga tashlangani bilan bog'liq voqeaga izoh berdi


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика