Messini "Barselona" taklif etgan yangi shartnoma qoniqtirdi
12 may 2021 12:40
Yangiliklar
Messini "Barselona" taklif etgan yangi shartnoma qoniqtirdi
"Barselona" etakchisi Lionel Messi "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin.
Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta futbolchining otasi Xorxe Messi bilan muzokaralar o'tkazdi. Tomonlar o'rtasidagi muloqotlar yaxshi kayfiyatda o'tmoqda. Argentinalik futbolchini yangi rahbariyat taklif etgan shartlar qoniqtirdi.
Lionelning "Barselona" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Argentinalik futbolchi butun faoliyati davomida "ko'k-anorranglilar" sharafini himoya qilgan.
Messi joriy mavsum La Liga doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 29ta gol va 9ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar