Messi, Zidan, Ronaldino, Bekxem, Ronaldo... Ronaldu esa zaxirada
16 okt 2024 17:51
Yangiliklar
Messi, Zidan, Ronaldino, Bekxem, Ronaldo... Ronaldu esa zaxirada
Britaniya jurnali o'zining har bir ekspertidan dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan iborat shaxsiy ramziysini tuzib chiqishni so'radi. Undan 1994 yildan keyingi eng zo'rlar joy olishi lozim edi. Har bir ekspert 11 nafar asosiy tarkib va 3 nafar zaxira o'yinchisini keltirishi shart edi.
Asosiy tarkibga kiritilgan o'yinchilar 1 balldan, zaxiradagilar esa yarim balldan baholanishdi. Umumiy hisob-kitoblarda eng ko'p ball jamg'argan futbolchilar yakuniy ramziydan joy olishdi. Ushbu ramziy quyidagicha ko'rinish oldi:
Darvozabon: Manuel Noyer;
Himoyachilar: Filipp Lam, Serxio Ramos, Karles Puyol, Paolo Maldini;
Yarim himoyachilar: Devid Bekxem, Zinedin Zidan, Andres Inesta, Ronaldino;
Hujumchilar: Lionel Messi, Ronaldo.
Zaxiradagilar: Andrea Pirlo, Terri Anri, Krishtianu Ronaldu.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar