Messi yozda boshqa klubga o'tishni rejalashtiryapti
13 okt 2017 12:19
Yangiliklar
Messi yozda boshqa klubga o'tishni rejalashtiryapti
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi joriy mavsum oxirida Kataloniya klubini tark etishi mumkin.
30 yoshli futbolchining klub bilan shartnomasi 2018 yilning yozida yakuniga etadi va ispan jamoasi rahbariyati argentinalik bilan yangi kelishuv borasida bir to'xtamga kela olmayapti. Oldinroq, Messi yangi bitim tuzishi uchun 89 mln. evro taklif qilingani malum bo'lgandi.
Futbolchining o'zi klubda qolish borasida ikkilanmoqda. Neymar PSJga o'tganidan so'ng, Messi o'z kelajagi haqida o'ylab qoldi. Kataloniyadagi siyosiy holat ham Lionelga tasir qilgan.
"Manchester Siti" argentinalik uchun asosiy davogarlardan biri hisoblanadi. Messi ham ushbu variantni ko'rib chiqmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar