Messi va PSJ shartnoma borasida kelisha olmayapti
04 apr 2023 18:00
Yangiliklar
Messi va PSJ shartnoma borasida kelisha olmayapti
Leo Messi "Pari Sen-Jermen"ni tark etishga yaqin. Manbaga ko'ra, Franciya klubi va argentinalik futbolchi o'zaro hamkorlikka yakun yasash arafasida turibdi.
Dastlab yangi shartnoma borasida kelishuvga erishish kutilgan edi. Hujumchining yana bir yil Parijda qolishiga kelishib olingandi. Biroq ayni paytga kelib Messining kelajagi PSJ bilan bog'lanmasligi ayon bo'lmoqda.
Muzokaralar haliyam davom etmoqda. Biroq ko'rsatkichlar shartnoma imzolaniishi imkoniyatlari pasayib borayotganini ko'rsatmoqda.
Messining "Barsa"ga qaytishi klubning moliyaviy qiyinchiliklari sabab amalga oshmasligi mumkin. Agar Messi CHempionlar Ligasida o'ynashni istasa, PSJda qolishi mumkin. Uning Saudiya Arabistoni klubiga ko'chib o'tishi yoki "Inter Mayami" azosiga aylanishi ehtimoli ham yo'q emas.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar