Messi navbatdagi o'yinlarda o'ynaydimi? Martino javob berdi
13 sen 2024 20:55
Yangiliklar
Messi navbatdagi o'yinlarda o'ynaydimi? Martino javob berdi
Leo Messi "Inter Mayami"ning navbatdagi uchrashuvlarida maydonga tushishi mumkin.
Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Xerardo Martino malumot berdi.
"Messi bilan barchasi joyida. Kecha u mashg'ulotlarda ishtirok etdi. Uning navbatdagi o'yinlarda maydonga tushishi ehtimolini ko'rib chiqyapmiz. SHundan keyin o'yin strategiyasini ko'rib chiqamiz, biroq u o'yinga shay. Jamoamizda yana dunyoning eng yaxshi futbolchisi o'ynaydi", - dedi Martino.
Messi Amerika Kubogi finalida jarohat olganidan keyin tiklanish bilan band bo'ldi. 15 sentyabr kuni "Inter Mayami" navbatdagi uchrashuvini o'tkazadi. MLSda jamoa "Filadelfiya Yunion"ga qarshi o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar