Messi Kuman bilan tenglashdi. Oldinda esa 7 futbolchi bor
02 okt 2022 08:35
Yangiliklar
Messi Kuman bilan tenglashdi. Oldinda esa 7 futbolchi bor
Mazkur uchrashuvdagi hisob 28-daqiqada parijliklar forvardi Lionel Messi tomonidan ochildi. Messi jarima zarbasini mukammal tarzda amalga oshirdi.
Argentinalik qatorasiga 2-o'yinda standartdan gol urdi. Avvalroq, u Argentina TJ safida Yamayka (3:0)ga qarshi bahsda ikki golidan birini jarima zarbasidan urgandi.
SHu tariqa, Leo jarima zarbalaridan urilgan gollari sonini 60 taga etkazib, ushbu natija bo'yicha tarixdagi eng yaxshilar ro'yxatida 8-o'rindagi Ronald Kuman bilan tenglashdi.
1. Junino Pernambukano – 77 ta;
2. Pele – 70;
3-4. Viktor Legrotale – 66;
3-4. Ronaldino – 66;
5. Devid Bekxem – 65;
6-7. Diego Maradona – 62;
6-7. Ziko – 62;
8. Ronald Kuman, Lionel Messi – 60 tadan;
9-10. Rojerio Seni, Marselino Karioka – 59 tadan;
11. Krishtianu Ronaldu – 58.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar