Messi jarimadan 65-golini urdi. U Bekxemga etib oldi
08 sen 2023 11:05
Yangiliklar
Messi jarimadan 65-golini urdi. U Bekxemga etib oldi
Argentina terma jamoasi etakchisi Lionel Messi JCH-2026 saralashi doirasida Ekvadorga qarshi o'yinda gol urdi (1:0).
Futbolchi to'pni jarima zarbasidan to'g'ri to'rga yo'lladi. Bu Messining standartdan urgan 65-goli. Bu ko'rsatkich bo'yicha argentinalik angliyalik sobiq futbolchi Devid Bekxem bilan tenglashib oldi.
Portugaliya termasi etakchisi Krishtianu Ronaldu hisobida 60 ta gol mavjud.
Messidan oldinda endilikda faqat Junino (77 ta gol), Pele (70), Viktor Legrotale va Ronaldino (har ikkisida 66 tadan) bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar