Skaloni Messining 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishi haqida: U o'zi qabul qilishi kerak bo'lgan qarorni qabul qilsin
10 jan 07:59
Yangiliklar
Skaloni Messining 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishi haqida: U o'zi qabul qilishi kerak bo'lgan qarorni qabul qilsin
"Men Messi bilan uchrashdim, uning uyiga juda yaqin joyda yashayman. Jahon chempionatiga kelsak, keyinroq barchasi hal bo'ladi. Biz ko'p narsalar haqida gaplashdik, lekin bu haqda emas — chunki hali vaqt bor. Uni ortiqcha bezovta qilmaslik kerak, u tinchlanib, o'zi qaror qabul qilsin. Keyin esa jamoa uchun nima yaxshiroq ekanligini o'ylab ko'ramiz. Hozircha biz boshqa mavzular haqida gaplashdik, u jahon chempionatida bo'ladimi yoki yo'qmi — bu haqda emas.
Uni taniganlar yaxshi biladi: u hech qachon ortga chekinmaydi. U tug'ma kurashchi, g'alaba qozonishni xohlaydi, o'ynashni xohlaydi, doim o'sha erda bo'lishni istaydi. Bu juda muhim, ayniqsa uning jamoadoshlari uchun — ular kapitanning qanday yo'l tutayotganini ko'rib, milliy jamoaga kelishni, o'ynashni xohlaydilar", — dedi Skaloni AFA Studio YouTube kanalida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди
Fikrlar