So’nggi yangiliklar

12:04Миср етакчиларидан бири Ўзбекистонга қарши ўйнамайди  0 11:43Сака "Арсенал"нинг чемпионлиги ҳақидаги гап-сўзларга эътибор бермаслиги айтди  0 11:20Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида ўқув-машғулот йиғинига киришди  1 10:44"Манчестер Юнайтед" Германия терма жамоаси ҳужумчисини нишонга олди  0 09:53Месси шарафига "Камп Ноу"да унинг ҳайкали ўрнатилади  4 09:26Португалия терма жамоаси устози Роналдунинг қизили ҳақида фикр билдирди  12 09:20Испания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи: "Бундай хатти-ҳаракатлари билан Ямал чўққида узоқ туролмайди"  7 09:00Мбаппе ушбу натижага эришган тарихдаги иккинчи футболчи  2 08:32Португалия ЖЧ-2026 га чиққан тақдирда Роналду биринчи турни ўтказиб юборади  4 08:06"Ал Айн Кубоги". Бугун терма жамоамиз Салоҳ бошчилигидаги Мисрга қарши баҳс олиб боради  7 07:41ЖЧ-2026 саралаши. Африка қитъасида ярим финал учрашувлари бўлиб ўтди  0 02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  18 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  1 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0

Messi: "Har doim jamoaviy yutuqlarni birinchi o'ringa qo'ygan bo'lsam-da, yana bir “Oltin to'p”ni qo'lga kiritganimdan xursandligimni yashira olmayman" Yangiliklar

Messi: "Har doim jamoaviy yutuqlarni birinchi o'ringa qo'ygan bo'lsam-da, yana bir “Oltin to'p”ni qo'lga kiritganimdan xursandligimni yashira olmayman"

PSJ va Argentina terma jamoasi hujumchisi ettinchi "Oltin to'p"ni olganidan keyin murojaat bilan chiqdi.

Faoliyati davomida ettinchi bor "Oltin to'p"ga erishgan 34 yoshli Lionel Messi  bu etirof uchun terma jamoadagi sheriklaridan minnatdor ekanligini bildirdi. Eslatib o'tamiz, Argentina terma jamoasi yozda Amerika kubogini qo'lga kiritgandi.

“Men har doim jamoaviy yutuqlarni birinchi o'ringa qo'ygan bo'lsam-da, yana bir “Oltin to'p”ni qo'lga kiritganimdan xursandligimni yashira olmayman. Argentina termasidagi barcha jamoadoshlarimga biz o'tkazgan qoyilmaqom yil uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman.

"Barselona"dagi sobiq jamoadoshlarim va hozirgi "Parij Sen-Jermen"dagi klubdoshlarimga ham rahmat aytaman. Va, albatta, oilam va do'stlarimga, shuningdek, meni qo'llab-quvvatlab kelayotgan, men bilan hamisha birga bo'lib, g'amxo'rlik qiladigan va har kuni o'z ustimda ishlashimga majbur qiladigan barcha insonlarga katta rahmat: ularsiz bunday bo'lmasdi. "France Football"g'a ham ajoyib marosim va mukofot uchun tashakkur!", – deb yozdi Messi Instagram'da.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика