Messi faoliyatini tugatganidan so'ng nima bilan shug'ullanadi? Uning o'zi javob berdi
07 okt 2022 13:41
Yangiliklar
Messi faoliyatini tugatganidan so'ng nima bilan shug'ullanadi? Uning o'zi javob berdi
PSJ klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi faoliyatini yakunlaganidan keyin nima qilishni rejalashtirayotgani haqida gapirdi.
"Men murabbiy bo'lishni rejalashtirmayapman, lekin bir vaqtlar Zidan ham xuddi shunday degan edi. Keyin u murabbiy bo'ldi va uch marta CHempionlar Ligasida g'olib chiqdi. Menga sport direktorining ishi yoqadi, men jamoa qura olardim, lekin hali ishonchim komil emas", – dedi Messi.
35 yoshli Messi joriy mavsum PSJ safida 13 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar