Mendi "Zalcburg"ga qarshi o'ynamasligi mumkin
13 sen 2022 18:50
Yangiliklar
"CHelsi" darvozaboni Eduar Mendi jarohati sabab CHempionlar Ligasi doirasida "Red Bull Zalcburg" bilan o'ynay olmaydi.
"Football London" nashrining xabar berishicha, Tomas Tuxel Mendini CHempionlar Ligasining Zagrebning "Dinamo"siga (0:1) qarshi o'yinida zaxirada qoldirishiga sabablardan biri darvozabonni xavotirga solayotgan tizzasidan olgan jarohati bo'lgan.
Endilikda Eduar CHempionlar Ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasidagi "Zalcburg"ga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi.
Mendi Grem Potterning klubdagi ilk kunlaridan beri davolanib kelmoqda. Bugun 30 yoshli darvozabon "CHelsi" umumiy guruhida ishlamadi.
Yarim himoyachi N'Golo Kante ham bugungi mashg'ulotni o'tkazib yubordi. U 14 avgust kuni "Tottenxem"ga qarshi (2:2) o'yindan beri "CHelsi"da harakatlanmadi. Xavbek terma jamoalarning xalqaro o'yinlaridagi tanaffusdan so'ng maydonga qaytishi kutilmoqda.
"CHelsi" ertaga, 14 sentyabr kuni o'z maydonida "Red Bull" bilan o'ynaydi. Ushbu o'yin Grem Potter uchun London klubi boshchiligidagi birinchi uchrashuv bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar