So’nggi yangiliklar

20:38Финалиссима УЕФА ва КОНМЕБОЛ қарори билан бекор қилинди. Нега?  0 20:18"Ливерпуль" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  1 20:12Ла Лига. "Барселона" — "Севилья" 2:0 (матнли трансляция)  10 19:38"Барселона" — "Севилья". Таркиблар маълум  5 19:08Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" - "Пахтакор" (матнли трансляция)  72 18:03​"Бобур Арена" Суперкубокка тайёр!  13 18:01"Манчестер Юнайтед" — "Астон Вилла". Таркиблар маълум  3 17:01Марушич: “Фаворитмиз? Бугун бир лаҳза ҳаммасини ҳал қилиб юбориши мумкин”  3 16:49Ўзбекистон Суперкубоги: дублга эришган футболчиларни биласизми?  3 16:09Сардор Собирхўжаев: “80-90 фоиз легионер мураббий ва футболчилар Суперлигани жуда кучсиз деб ўйлаб келишади”  3 15:39Пётр Пажишек: "Пахтакор"га келишим? Европадан ташқарида ўйнаб кўрмоқчи эдим"  2 15:01Opta "Манчестер Сити"нинг муваффақиятига ишонмаяпти  9 14:17МЮ португалиялик юлдузга кўз тикди  2 13:30Ўзбекистон Суперкубоги тўпурарлари: Черан етакчи, Кошелев ва Акопянц ҳам рўйхатда бор  4 13:02"Барселона" ёз учун устувор мақсадни танлади  13

"Men Jahon yulduzi o'ynagan jamoaga keldim" - "Bunyodkor"ning yangi legioneri Yangiliklar

"Men Jahon yulduzi o'ynagan jamoaga keldim" - "Bunyodkor"ning yangi legioneri

Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi bugun chernogoriyalik yarim himoyachi Igor Ivanovich bilan shartnoma imzolaganini elon qildi.

Futbolchi o'tgan mavsumni "Dechich Tuzi" jamoasida o'tkazdi. Bundan tashqari u faoliyati davomida "Podgorica", "Suteska Niksich", Ozarbayjonning "Zira FK", Serbiyaning "Belgrad" jamoalarida to'p tepgan. 2020 yil CHernogoriya terma jamoasi debyut qilib hozirgacha 11ta o'yinda maydonga tushgan. Endilikda esa faoliyatini "Bunyodkor" bilan bog'ladi. 

- Igor yangi jamoangiz haqidagi dastlabki taassurotlar qanday?

- Hozircha hammasi ajoyib. Birinchi taassurotlarim ijobiy. Jamoadoshlarim meni yaxshi qabul qildi. O'ylaymanki, yangi kollektivga tezda moslashib ketaman. 

- Taklif kim tomonidan bo'ldi? Murabbiy yoki agentlar?

- Taklif klub tomonidan bo'ldi. "Bunyodkor" varianti haqida ko'p o'ylamadim. Keldim va shartnoma imzoladim. 

- Bu jamoa va umuman o'zbek futboli haqida qanday tasavvurga egasiz?

- To'g'risini aytsam, "Bunyodkor"dan taklif tushmaguniga qadar o'zbek futboli haqida ko'p narsa bilmasdim. 

- "Bunyodkor"ning qaysi jihati ko'proq qiziqtirdi?

- Keyinchalik bu jamoada Rivaldo kabi yulduzlar o'ynaganini ko'rdim. Demak men Jahon yulduzi to'p tepgan jamoaga keldim. 

- Bizdagi malumotlarga qaraganda sizga o'zbek klublaridan "Nasaf" o'tgan yili xizmatingizga qiziqish bildirgan ekan...

- Faqat qandaydir gaplar, bu vaziyatda aniq narsa bo'lmagan.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика