So’nggi yangiliklar

22:52Ўзбекистон U-16 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Венгрияга ютқазди  1 22:27Биринчи лига. "Локомотив"лардан 5тадан гол, Бухоро дербисида талабалар ғолиб ва бошқа натижалар  0 22:03Неймар "Олтин тўп" натижалари ҳақида: "Рафиньянинг 5-ўринда туриши - шунчаки масхарабозлик"  6 21:35U-21 биринчилиги. Пешқадамлардан дуранглар, Фарғонада 4:4 ва бошқа натижалар  0 20:54Лапорта "Реал"нинг "Олтин тўп"ни бойкот қилиши ҳақида: "Спортда ютқазишни ҳам билиш керак"  31 20:25FIFA клубларни қўллаб-қувватлаш дастурини эълон қилди. Суперлига клублари қанча пул ишлаб олади?  2 20:00Аморим: "Моуринью – португалиялик энг яхши мураббий"  0 19:38"Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашуви чипталари қачон сотувга чиқади?  7 19:13"France Football" бош муҳаррири: "Дембеле "Олтин тўп" учун сўровномада катта устунлик билан ғалабага эришди"  6 18:45Артём Петросян: "Оддий вазиятларда тўпни йўқотяпмиз. Ҳамма ишлаган режаларимизни эсдан чиқариб юбордик"  4 18:32Шавкат Юсупов: "Олимпик" етарлича муаммолар туғдирди"  3 18:20"Барселона" Рэшфорднинг ҳуқуқларини сотиб олишга тайёр  4 17:57Про лига. "ФарДУ" сафарда "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлубиятга учратди  1 17:47Сергей Лушчан "Навбаҳор"ни тарк этдими?  19 17:40Экитике: "Ливерпуль" мен учун қанча тўлагани қизиқ эмас"  2

"Men doim "Nasaf" muxlisi bo'lib qolaman". Abdixoliqov sobiq klubi bilan xayrlashdi Yangiliklar

"Men doim "Nasaf" muxlisi bo'lib qolaman". Abdixoliqov sobiq klubi bilan xayrlashdi

Ukrainaning "Rux" klubi bilan 3 yillik shartnoma tuzgan Bobir Abdixoliqov instagramdagi o'z sahifasida "Nasaf" bilan xayrlashdi.

"Qadrli "Nasaf" klubi muxlislari!
Dastlab, Sizlarga katta rahmat aytmoqchiman! "Nasaf"da baxtli edim, g'alabada ham, mag'lubiyatda ham birga bo'ldingiz. Har daqiqa Sizlarning qo'llab-quvvatlashlaringizni his etib turdim. Jamoani shunday tarzda qo'llashda davom etishingizni so'rab qolardim. Zero "Nasaf" Sizlar uchun o'ynaydi!

Fursatdan foydalanib "Nasaf"dagi barchaga, rahbariyatdan tortib qorovulgacha, klubdagi barcha xodimlarga, muxlislarga katta rahmat aytaman! O'z navbatida Ro'ziqul Sadullaevich Berdievga alohida minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Har bir o'yinda bosh murabbiyning ishonchini oqlash uchun maydonga tushdim va klub uchun borimni berdim. O'z gollarim bilan jamoa g'alabalariga oz bo'lsa ham hissa qo'shganimdan faxrlanaman. "Nasaf"dagi faoliyatim yakunlandi, sababi professional faoliyatimda oldinga intilish vaqti etib keldi. Barcha futbolchilar singari men ham o'zimni legioner sifatida sinab ko'rishni xohladim.

Faoliyatimni Ukrainaning "Rux" klubida davom ettirishga qaror qildim. To'g'ri oldimda Osiyoning bir qator klublaridan takliflar bor edi. Ammo professional futbolchi sifatida yanada o'sish uchun Evropa futbolida o'ynashni to'g'ri deb bildim. Bundan tashqari Lvov shahri sharafini himoya qiluvchi "Rux" klubi falsafasi bo'yicha "Nasaf"ga o'xshash ekan. Yani o'sib kelayotgan yosh futbolchilarga etibor katta ekan. Ukraina chempionatida o'ynagan o'zbekistonlik futbolchilarning davomchisi sifatida yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga, maydonda oxirgi kuchim qolguncha o'ynashga vada beraman.

SHuni unutmangki, men doim "Nasaf" muxlisi bo'lib qolaman".

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика